Microsoft Word shermuhammadbek qurboshi ziyouz com doc



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/149
Sana01.04.2022
Hajmi0,79 Mb.
#522989
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   149
Bog'liq
shermuhammadbek qurboshi

www.ziyouz.com
кутубхонаси
10
Qo‘lingga yaroq ol, do‘stlar, yoronlar, 
Hurlik uchun jangga da’vat etdim mano.
Tarixiy adabiyotlarni ko‘zdan kechirsangiz, Rusiya imperiyasi Qo‘qon xonligini osongina qo‘lga 
kiritganday taassurot paydo bo‘ladi. Yo‘q, xonlik osonlikcha taslim bo‘lgan emas, o‘z qudrati, 
salohiyati, darajasida jang qilgan, qarshilik ko‘rsatgan. Taassufki, yuqorida ta’kidlaganimizdek, 
kuchlar, harbiy salohiyat, qurollanish texnikasi jihatidan tomonlar teng emas edi. Shunday bo‘lsada, bu 
ozodlik kurashining o‘z qahramonlari yetishib chiqdi. Ular zamonaviy o‘t ochar qurollarga ega bo‘lgan 
dushmanga qarshi o‘q-yoy, qilich va pilta miltiq bilan jang qilib, qahramonlik namunalarini 
ko‘rsatdilar. Ularning ichida eng fidokori, so‘zsiz, Alimquli Mingboshi (Muhammad Yunus 
Toyyibning asarida “Aliquli” shaklida keladi) edi. U vatan mudofaasini tashkil eta oldi, dushmanga 
nisbatan murosasizligi bilan mashhur bo‘ldi. Toyyib o‘zining “Aliquli amir lashkar jangnomasi” 
asarida bu haqda shunday yozadi: “Amir lashkar shunday dedilar: — Agar bu musolahani qilsak (sulh 
tuzsak — M.X) hamma odamlar amir lashkar va shig‘ovul degan ikki mal’un o‘z oroyishi va aysh-
ishratlarini ko‘zlab, bu qadar musulmonlarni olovga tashlab sulh tuzdilar. Agar bular g‘ayrat va 
himmat qilsalar, hammamiz g‘azotga otlanib, bul tarafi O’runburg‘, ul tarafi Sibiriyog‘acha olar erduk 
deb, tirik bormiz o‘zimizg‘a va o‘lg‘animizdan so‘ngra farzand va nabiralarimizg‘a la’natini yuborsalar 
kerak.” 
Shuningdek, dushmanga qarshi Qanoatshoh Otaliq, Yoqubbek (keyinchalik Sharqiy Turkiston 
hukmdori), Otabek Noib, Sherali Mingboshi, Niyozaliboy, Jomador To‘qsoba, Muhammad Ali, Mulla 
Isxoq (Po‘latxon), Iso Avliyo, Abdurahmon Oftobachi, Abdullabek va boshqa sarkardalar fidokorona 
jang qildilar. Qo‘qon xonligining mashhur davlat arboblaridan bo‘lmish Shohi Qo‘shbegining nabirasi, 
Shodi Mingboshining jiyani Muhammad Ali Oqmasjid qal’asi dorug‘asi (komendanti) edi.1856 yilda 
ruslar shaharni qamal qilgan paytda u o‘z qo‘l ostidagi sarbozlari bilan bir necha kun o‘q-dorisi 
tugagunicha qahramonona jang qilgan. Ruslar uni sarbozlari bilan qal’a ichida portlatib yuborganlar. 
Rusiyaning mo‘ljali, Ovro‘po mamlakatlari, xususan Buyuk Britaniya tomonidan kutilishi mumkin 
bo‘lgan norozilikni e’tiborga olgan holda, O’rta Osiyo xonliklarini bo‘ysundirgach, ularni yarim mus-
tamlaka nufuzida ushlab turish edi. Biroq Qo‘qon xonligi fuqarolari tomonidan ko‘rsatilgan qattiq 
qarshilik, uni yarim mustamlaka holida tutib turish mumkin emasligini ayon qilib qo‘ydi. Rusiya 
hukumati shu bahonada xonlikni tugatib, uning hududini Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga 
qo‘shib oldi, illo, milliy-ozodlik harakatini endilikda “isyonchilik”, “qaroqchilik” tarzida baholab, uni 
bostirish uchun “huquqiy” asosga ega bo‘ldi. 
Shunday bo‘lsada, milliy-ozodlik harakati to‘xtamadi. Bu harakat, ayniqsa, Rusiya hukumatining 
“Yangi qo‘shib olingan yerlarni o‘zlashtirish” dasturi asosida hamda hukumatga tayanch sifatida 
vodiyga kazaklar va mujiklarni ko‘chirib kelib, eng unumdor yerlarga joylashtirilishidan so‘ng yanada 
avj oldi. Bu kurashga “Dukchi Eshon” degan nom bilan mashhur bo‘lgan Muhammad Ali Xalifa, Xoja 
Asror Xalifa, Darveshxon, Yetimxon, Qamchibek Olimbek o‘g‘li, “Qorasoch Eshon” laqabli 
Muhammad Qosim Avliyo, Shokirjon, Azlar Eshon va boshqalar rahbarlik qildilar. Xoja Asror Xalifa 
milliy-ozodlik kurashini muvofiqlashtirish, markazlashtirishga harakat qilgan bo‘lsada, ayrim 
yo‘lboshchilarning ortiqcha g‘ururi, ongsizligi bunga yo‘l bermadi. Oqibatda bu alohida-alohida 
ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlarning tez fursatda bostirilishiga olib keldi. Biroq to‘xtatib qo‘ya olmadi. Tar-
qoq harakatlar o‘chib-yonib, nihoyat, 1916 yilgi ommaviy xalq qo‘zg‘oloniga ulanib ketdi. 
Sovetlar davrida “bosmachilik harakati” deb nom olgan milliy-ozodlik harakati sardorlari: Katta va 
Kichik Ergash, Raxmonqul, Islom Polvon, Madaminbek, Shermuhammadbek, Xolxo‘ja va boshqalar 
bu kurashning 1916 yilgacha bo‘lgan bosqichi doshqozonida pishib yetildilar va maydonga tushdilar. 
Ularning aksariyati “o‘g‘ri”, “talonchi”, va shunga o‘xshash tavqi la’nat bilan ayblanib, hibsga 
olindilar va Sibiriyaga surgun qilindilar. Ular rus ishchisi Petrovdan emas, balki hayotdan, bir-
birlaridan saboq olib, 1917 yil fevral inqilobi munosabati bilan vatanga qaytib, kurashni davom 


Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish