www.ziyouz.com
кутубхонаси
12
Rus ishchilarining yagona orzu-umidi tinchlik (sulh) haqidagi bitim tuzilganidan so‘ng butun
dunyodagi mahkum millatlarga yordam berish va ularni hurriyatga erishtirishdan iboratdur...
Rossiya musulmonlari: Volga tatarlari, qirg‘izlar, Sibir va Turkiston sartlari, Kavkaz turklari va
tatarlari, chechenlar, Shimoliy Kavkaz xalqlari hamda rus podsholari, zolimlari tomonidan butun
masjidlari va minbarlari buzilib tashlangan, din va urf odatlari oyoqosti qilingan xalq va millatlar, biz
sizlarga murojaat qilamiz. Sizlarning diningiz, urf-odatlaringiz, milliy va madaniy muassasalaringiz
bunday buyon har qanday tajovuzdan himoya qilinadi. O’z milliy xayotingizni tom ma’noda emin-
erkin tashkil etishingiz mumkin, bu sizning haq-huquqingizdir. Shuni bilingki, sizlarning va butun
Rossiyada yashaydigan millatlarning haq-huquqlarini inqilob va Sho‘rolar himoya va mudofaa qiladi.
Bu inqilob va uning hukumatiga yordam etingiz. Do‘stlar! Biz ko‘targan bayrog‘imiz bilan har bir
mahkum millatga hurriyat olib kelamiz. Musulmonlar! Biz sizlardan moddiy va ma’naviy yordam
kutib qolamiz”.
Bu hujjatlarga ishonganlar ham bo‘ldi, ishonmaganlar ham ko‘proq bo‘ldi. Biroq, qonun kuchiga
ega bo‘lgan bu hujjatdan foydalanib qolish kerak. Bunday imkoniyat keyin yana bo‘ladimi-yo‘qmi? Bu
masalaga oydinlik kiritish uchun “Sho‘roi Ulamo” firqasi peshqadamlaridan bo‘lmish Shoahmedov
Petrogradga yuboriladi. U “Musulmonlar o‘z mustaqil davlatini tuzishi mumkin” degan xabar topib
keladi. 12 noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan turli musulmon guruhlarining birlashgan maslahat
qurultoyi shu asosda “Hokimiyatning askar, ishchi va dehqon deputatlari Soveti qo‘liga o‘tishi
munosabati bilan Turkiston o‘lka musulmonlari s’ezdi butun Turkistonning 98 foizini tashkil qiluvchi
10 million jon musulmonlar Rusiya inqilobi va’da etgan ozodlik, tenglik va birodarlik asosida milliy-
madaniy o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega deb topadi” mazmunida qaror chiqardi. Shu tariqa
Turkistonda muxtoriyatli hukumat ta’sis etish harakati boshlanadi.
Biroq, Markaziy Ijroiya qo‘mitasida, hukumatda birorta mahalliy millat vakili bo‘lmagan
Toshkentda bolsheviklarning ta’siri kuchli edi. Shu tufayli erksevar kuchlarning nigohi Qo‘qonga, bir
vaqtlar xonlik poytaxti bo‘lib turgan, 300 dan ortiq masjid, ellikka yaqin madrasa, oltita markaziy
bozor, o‘nlab tarmoq bozorlari, o‘ttizdan ziyod sanoat korxonasi, 11 bank, o‘nlab savdo uylari,
shirkatlarga ega bo‘lgan, adabiyot, san’atda muhit va maktablar yaratgan yetmish besh ming aholiga
ega Xo‘qandi Latif tomon intildi.
1917 yil 26 noyabrda Qo‘qonning paxta birjasi binosida (eski teatr binosi o‘rnida) 4-o‘lka
musulmonlari favqulodda s’ezdi bo‘lib o‘tdi. S’ezdda poytaxti Qo‘qon bo‘lgan Turkiston Muxtoriyatli
hukumati tashkil topganligi e’lon qilindi. Muxtoriyat boshqaruvi organi Turkiston xalq boshqaruvi (54
kishi), Turkiston vaqtli kengashi (32 kishi) va hukumatdan iborat edi.
Hukumat raisligiga “Alash O’rda” firqasining rahbari, muhandis Muhammadjon Tinishboev
saylandi. Ko‘p o‘tmay, hukumat ichidagi ayrim kelishmovchiliklar tufayli Tinishboev iste’fo beradi va
uning o‘rnini huquqshunos Mustafo Cho‘qay egallaydi. Chor hukumatining ofitseri Shomilbek uning
o‘rinbosari, Islom Shoahmad o‘g‘li adliya vaziri, Potelyaxov – oziq-ovqat vaziri, Ubaydullaxo‘ja –
harbiy vazir, Chanishev – bosh qo‘mondon, Said Nosir Mirjalil o‘g‘li – xazinachi etib saylandilar.
Muxtor jumhuriyatning yangi hukumati ommaviy safarbarlik e’lon qilib, milliy armiya tuzishga
kirishdi. Hukumat tarkibidagi 54 kishidan 36 nafari yerli tub aholi vakillari, qolganlari ovro‘paliklar
edi. Demak, chinakam baynalmilal hukumat tuzildi, mahalliy xalq vakillari V.I.Leninning
ko‘rgazmalariga qat’iy amal qilib, o‘z taqdirlarini o‘zlari belgilashga kirishdilar. 26 dekabrda
Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan musulmon ishchi va askar vakillarining I favqulodda s’ezdi, bolsheviklarning
qattiq qarshilik ko‘rsatishlariga qaramay, Qo‘qon Muxtor hukumatini yoqladi va V.I.Leninga quyidagi
matndagi telegrammani jo‘natdi: “Turkiston musulmonlari ishchi va askar deputatlari I favqulodda
s’ezdi qabul qilgan qarorni Sizga ma’lum qilib, Turkistonni halokat yoqasiga keltirib qo‘yuvchi
tartibsizlik, qo‘sh hokimiyatchilikning oldini olish maqsadida o‘lkada hokimiyatni Vaqtli Turkiston
muxtor hukumatiga topshirish to‘g‘risida Turkiston Xalq Komissarlari Sovetiga Rossiya demokratik
respublikasining Oliy hokimiyati nomidan ko‘rsatma berishingizni so‘raymiz”.
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |