Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
124
yigitlardan biri derazani ochib, salom berdi. 
— O‘n so‘m berib tur, — dedi Jalil uning salomiga alik olib. 
Yigit pastga tushib mashina tomon yurganida Jalil uning yo‘lini to‘sdi. 
— O‘zim berib qo‘yaman, — dedi yigit. 
— Senlarning pulni qanaqasiga berib qo‘yishlaringni bilaman. O‘zimga ber, — dedi Jalil. 
Yigit kulib, cho‘ntagidan pul chiqarib berdi. 
Mashina ketgach, Jalil darvozaxona tomon yurdi. 
— Xo‘jayin yo‘qlar, — dedi yigit unga ergashib. 
— Nega yo‘q bo‘ladi? Qayoqqa ketdi? 
— Bir yoqqa ketuvdilar, — dedi yigit mujmallik bilan. 
— O‘zi sog‘mi? — dedi Jalil ostonada to‘xtab. 
— Xudoga shukr, sog‘lar. Bizning kulbaga chiqib o‘tira turing. Choy-poy qilamiz, — dedi 
yigit. 
— Yo‘q, men ketdim bo‘lmasa. Sen... mening kelganimni xo‘jayiningga aytma. Soating 
nechchi bo‘ldi? 
— Uch, — yigit bilagidagi soatga qarab oldi. 
— Meni uyimga olib borib qo‘ya olasanmi? — dedi Jalil. 
Yigit «Gap yo‘q, okaxon», dedi-da, darvozani ochib, mashinani olib chiqdi. 
Jalil manziliga yetib, mashinadan tushgach, o‘rnida bir oz turib qoldi. Uyiga kirgisi 
kelmadi. Izg‘irinli shamol turib, badaniga sovuqning ignalari sanchilganida ham issiq 
o‘rniga shoshilmadi. Dastlab Kesakpolvonning gaplari unga uydirma bo‘lib tuyulgan edi. 
Vaqt o‘tgani sayin, o‘y o‘ylagani sayin bu uydirma haqiqatga yaqinlashib, u xavotir 
olovida qovjiray boshladi. O‘tayotgan vaqtning har daqiqasi do‘stining o‘limi oniga 
shoshayotganday tuyulib, Kesakpolvon aytgan vaqtda yo‘lga chiqmagani uchun 
afsuslana boshladi. 
Bir necha fursat haykal singari qotib turgach, yuziga shamol keltirib urgan mayda 
yomg‘ir tomchilaridan seskanib asta yura boshladi. Yo‘lakka yetib borgach, ichkariga 
qadam qo‘ygisi kelmay, iziga qaytdi. 
Shahar osmoniga egalik qilayotgan bulutni shamol surib ketar, bir necha soatdan so‘ng 
tun hukmi ham adog‘iga yetar, ammo Jalilning qalbini zulumot pardasiga o‘ragan 
tashvish pardasi qachon, qay tarzda ko‘tarilar ekan? 
Kesakpolvon kecha oqshomda «Oshnangiz kasal», demasdan «Oshnangiz o‘ldi», yoki 
«o‘sal yotibdi», deyishi ham mumkinmidi? 
Jalilning xayoliga shu fikr kelib, butun a’zoyi badanini titratib yubordi. 
Shu paytgacha qancha do‘sti bu dunyoni tashlab ketdi. Ularning o‘limi haqidagi xabarni 
eshitganida «Nega o‘ladi, hali yosh edi-ku?» deb o‘yladi. Bu g‘ofil banda «O‘lim yosh 
tanlamaydi», degan oddiy haqiqatni tan olishni istamaydi. Ko‘p qatori «Umrimizning 
yarmini yashab qo‘ydik, bu yog‘i oz qoldi», deb yurgani bilan «Oz qolgan qismini» 
o‘zicha yigirma-o‘ttiz yil deb chamalab yuradi. Bilmaydiki, umri yigirma-o‘ttiz yil emas, 
balki yigirma-o‘ttiz kun, balki yigirma-o‘ttiz daqiqagina qolgandir... Balki biron xastalik 
o‘limning xabarchisi sifatida kelgandir. Balki... o‘lim xabarchisiz, to‘satdan bostirib 
kelar... 
Jalil oxirgi uchrashuvni, Asadbekning gaplari, bolalikda birga o‘sgan do‘stlarini 
qo‘msaganini esladi. «Qarashlari ma’yus edi. Men — galvars, shunga ham e’tibor 
bermadimmi? O‘limi oldida bolalarni bir ko‘rib qolay, degan ekan-da... Nega menga 
yorilmadi? Nega «Ahvolim shunaqa, og‘ayni», demadi? Shotirlaridan yashirishi to‘g‘ri, 
ular xo‘jayinlari o‘lmay turib, mol-dunyoni bo‘lib olishga kirishadilar. Men-chi?.. Shu 
holicha ham mag‘rurligini qo‘ymaydi-ya?! Shu paytgacha menga biron marta ham 
shikoyat qilmagan edi. Xor bo‘lganida ham, zor bo‘lganida ham birovga bo‘yin egmagan 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish