www.ziyouz.com
kutubxonasi
122
— Ishmi?.. Ha, ish bor... Lekin bu ish emas, maslahat. To‘g‘rirog‘i ikkalamizga tegishli
ish.
— Ikkalamizga? Men sen bilan hamtovoq bo‘lmagandim shekilli? Chaynalmay, dangalroq
gapir.
— Bu... dadil aytadigan gap emas-da... Keling, bir chekib olay, bo‘lmasa, yorilib
o‘laman.
— Bo‘pti, chek, yorilib o‘lsang, yana tovoningga qolib yurmay, — Jalil shunday deb
derazani qiya ochdi-da, yoniga stul qo‘ydi. — Shu yerda o‘tirib chek, uyni sasitma.
Kesakpolvon bir-ikki tutatdi-da, Jalilga qaramagan holda so‘radi:
— Asad... Krasnoyarda kasal bo‘libmidi?
— Ha... — dedi Jalil uning bu holatiga tushunmay. — Nimaga so‘rayapsan?
— Do‘xtirlar ko‘rishdimi, nima deyishdi?
— Shamollagan ekan. Bir hafta yaxshi qarashdi.
— Bir hafta... Shamollagan odamni bir hafta qararkanmi?
— Nima demoqchisan?
Kesakpolvonning mujmalligi Jalilning g‘azabini qo‘zg‘atdi, ayni chog‘da xavotirga ham
soldi.
— Bekning yo‘tali menga yoqmayapti, — dedi Kesakpolvon sigareta burqsitib.
— Yo‘tali ancha cho‘zildi... Menga qara, sen nega mijg‘ovlanyapsan? Maqsadingni ayt.
— Maqsadmi?.. Okaxonim, hammaga aql o‘rgatasiz, duch kelganni bobillab so‘kib,
qopasiz-u, oshnangizning ahvolini bilmaysiz.
— Gapni cho‘zma, deyapman!
— Bekning kasali og‘ir. Tuzalishi qiyin bo‘lgan kasaldanmish. Lekin u yashiryapti.
— Tuzalishi qiyin?.. Qanaqa kasal?
— Qanaqa kasal?! — Kesakpolvon jahl bilan o‘rnidan turdi-da, barmog‘iga qistirib turgan
sigaretini tashqariga otdi. — Galvarsmisiz? Yo merovmisiz? Kasali — rak! Endi
tushundingizmi?
— Sen... bola, valdirama! — deb baqirdi Jalil. — Yomon nafas qilma!
— Yomon nafas emish... Yomon nafas emas bu. Do‘xtirlarning xulosasi shunaqa. Bu
Krasnoyardayoq ma’lum bo‘lgan.
— Bekor aytibsan! Ma’lum bo‘lganida men bilardim.
— Katta ketmang. Buni faqat ikki kishi biladi: Asadu Mahmud.
— Sen-chi? Sen qaerdan bila qolding?
— Uchinchi odamdan... do‘xtirdan.
— Olib kel o‘sha do‘xtiringni.
— Yo‘q, u kelmaydi, kelolmaydi.
— Nega?
— U «Hech kimga aytmayman», deb qasam ichib, so‘ng qasamini buzgan. Bek qasamini
buzganlarni kechirmaydi. Bu gap oramizda qolsin, a?
— Ishonmayman.
— Ishonmasangiz ham bir ishni qilish kerak. Bek o‘limni bo‘yniga olganga o‘xshaydi. U
ahvolidan boshqalarning xabar topishini istamayapti. Uning hozir birdan-bir sirdoshi —
Mahmud. Nega ming yillik qadrdoni — siz emas, men emasman, nega Mahmud?
— Uni yaxshi ko‘radi. Ukasiga o‘xshatadi...
— Yaxshi ko‘rishini bilaman. Lekin Mahmud-chi? Nega u hech bo‘lmaganda siz bilan
meni ogoh qilmayapti? Fikri buzuq u bolaning! Bekning o‘limi — uning to‘yi bo‘lishi
mumkin. U Bekning o‘rnini egallashni niyat qilgan. Shu sababli mendan yashiradi.
— Bu endi o‘zlaringning ishlaring. Asadga bir nima bo‘lsa o‘sha zahoti bir-birlaringning
go‘shtlaringni yeyishni boshlaysanlar. Ammo bilib qo‘ylaring: hammang xor bo‘lib, qirilib
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |