Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
109
O‘sha kezlari bir birodarimning akasi uylanadigan bo‘lib, to‘yda xizmat qildik. To‘yda 
xizmat qilish o‘zimga ham yoqardi. O‘zimni katta odam his qilib, bir-ikki qultum 
shaytonning suvidan ham tatib turardim. O‘sha to‘yda bir ulfat menga keragidan 
ortiqroq xizmat buyurdi. Nazarimda ular meni kalaka qilayotganday tuyulib, aytganlarini 
bajarmay qo‘ydim. Ularga bu malol keldi. Bittasi chaqirib, so‘kdi. Men javob qaytardim. 
Xullas, to‘y oxirlagach, ko‘chaga chaqirishdi. Tap tortmay tashlashdim. To‘rt yigitga bas 
kelolmadim. Mashinalariga bosib, ovloq bir joyga olib borishdi. Urishdi. Xullas, qo‘l-
oyoqlarimni bog‘lab... yechintirishdi... Shunda insoflirog‘i ularni to‘xtatdi. Qo‘l-oyog‘imni 
yechdi. Mashinada yana gap talashib, olishib ketdik. Shunda qo‘limga mixburagich 
tushib qoldi. Ey-y... — Botirov bosh chayqadi. — Shaytonga bandi bo‘lganingda 
ko‘zingga hech narsa ko‘rinmas ekan. Menga xayrixoh bo‘lgan, qo‘l-oyoqlarimni 
yechgan, og‘aynilarini insofga chaqirgan yigitning biqiniga sanchib olsam-a... Ular 
yaralangan og‘aynilarini kasalxonaga eltib, meni mahallamga olib kelib rosa tepkilashdi. 
Uyga bir ahvolda kirib bordim. Adam rahmatli safarda edilar. Akam, onam yuvib-tarab
yaralarimga malham qo‘yib, yotqizishdi. Bir hafta o‘rnimdan turmadim. Sal o‘zimga 
kelgach, milisaga olib ketishdi. 
— Bir haftagacha sizga hech kim hech narsa demadimi? 
— Yo‘q. 
— Siz do‘xtirga ham uchramadingizmi? 
— Yo‘q... Men u yigitlarning nayrangini tushunmabman. O‘zimga kelib olishimni kutib 
turib, so‘ng milisaga aytishgan-da. Mayli, men ulardan xafa emasman. Zulm qildimmi, 
jabrini tortishim kerak edi. Men o‘shanda qozilardan ranjigan edim. Hozir ulardan ham 
xafa emasman. Roziman, hammasidan. 
— Nimaga? — deb ajablandi Zohid. 
— Axir ular adolat qilisha olmas edilar. Odam adolat qilmog‘i uchun musulmonsheva 
bo‘lishi shart. Haq yo‘lida turishi kerak, yuragida iymon nuri, tilida Ollohning zikri bo‘lishi 
kerak. Busiz qanday adolat qilsin? Bunaqa odamlarga mening rahmim keladi. Ollohdan 
ularni isloh qilmog‘ini so‘rab duolar qilaman. 
— Demak, sizga birinchi safar tuhmat bo‘lmaganmi? 
— Yo‘-o‘q... Bir jihatdan qamalganim yaxshi natija berdi. Qamoqxonada ko‘zim ochildi. 
Shukrki, iymonli odamga duch kelib, Haq yo‘lini tanidim. Shaytonga qullik qilmaydigan 
bo‘ldim, nafsim bilan jihodga kirishdim. Bilmadim, birodar, siz bunga tushunarmikinsiz... 
ammo men baxtimni o‘sha qamoqda topdim. 
«Bema’nilik, — deb o‘yladi Zohid. — Qamoq — jazo. Baxt topadigan joy emas. Buning 
esi og‘ib qolganga o‘xshaydi». 
— Gaplarim bema’niga o‘xshaydi, a? — dedi Botirov xuddi uning fikrini uqqanday. — 
Ammo Haq yo‘lidagi har qanday odam gapimni tasdiq etishi mumkin. Birov pul topsa, 
birov katta mansabga yetishsa, birov yaxshi ko‘rgan qiziga uylansa.... baxtimni topdim
deydi. Ular — adashgan bandalar. Baxtning chin ma’nosini anglamaydilar. Eng ulug‘ baxt 
— Haq yo‘lini topish, o‘zini, butun olamni yaratgan Robbisini taniy boshlash emasmi? Bu 
baxtdan benasiblik nimani anglatadi, bilasizmi? 
Zohid so‘roq qilishi lozim bo‘lgan bu mahbusning gaplarini tinglay turib, bobosini esladi... 
...Sadaqayrag‘och kabi o‘sgan oq o‘rik... Supaga to‘shak to‘shalgan. Bobosi... 
ko‘zoynakning singan bandi o‘rniga ip tortib qulog‘iga ilgan. «Qani, do‘ngpeshonalar, 
o‘tiringlar-chi, eshitinglar-chi...» Hozir bobosi shunday deb chorlaganday bo‘ldi. So‘ng 
ko‘p marta takrorlagan gaplarini aytdi: «Olloh taborak va taolo insonlarni sinamoq 
uchun bu dunyoga yuborgan...» 
«Bu yigit ham sinovni gapirdi. Sinovdan kim o‘tadi? Faqat shu yigitga o‘xshaganlarmi? 
Biz-chi? Men adolat izlab gangib yuribman. Topamanmi uni? Topganim — sinovdan 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish