Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
209
bugun qarzdan qutulib, ertaga birovni qarz qilib, xuddi shu holga soladi. 
— Baribir nohaqlik-da, aka? 
— Nohaqlikka nohaqlik. Men ularni oqlayotganim yo‘q. Vaziyatni tushuntiryapman. 
Halimjon, bu kecha yo bugun boshlangan ish emas. Qadimdan shunaqa bo‘lib kelgan. 
Shu mahallada inqilobdan oldin Bukir qimorvoz degan odam o‘tgan ekan. Qarib, 
qimordan nari bo‘lgach, qozilik qila boshlabdi. Kim sigirmi, otmi yo‘qotsa shu odamga 
arz qilarkan. U topib berarkan. Sigir egasidan ham topib bergani uchun, o‘g‘ridan 
mirshabga topshirmagani uchun haq olarkan. Ana o‘shaning ishi hozir sal boshqacha 
ko‘rinishda-da. Siz nohaqlik deysiz. Xo‘p, unda haq tomonga ko‘chaylik: Kesakpolvonni 
o‘ldirish kerak, desam, o‘ldirasizmi? 
— Kim? 
— O‘sha Haydar akangizning laqabi Kesakpolvon. Uning marazligini bilib turibsiz. U 
o‘ldirilsa bu yoqdagi qancha jonlar omon qoladi. 
— U o‘ldirilsa sheriklari bor-ku, ishni davom ettiraverishadi. 
— Ular ham birin-ketin o‘ldiriladi. 
Halimjon hushtak chalib qo‘ydi. 
— Bo‘ladigan gap emas, bu aka. 
— Men sizga bir sirni ochishga majburman. «Hofiz akam bular bilan bir qozondan osh 
ichadi», desangiz yanglishasiz, uka. Men o‘lganimning kunidan ular bilan birgaman. Men 
ularning tovog‘idan osh ichmayman. Men ilon bo‘lib ularning bag‘riga kirib olishim kerak 
edi. Kirdim. Endi bitta-bitta chaqib o‘ldiraman. Bilaman, bu oson emas. Menga yordam 
kerak. Sizni birinchi marta ko‘rgandayoq men shuni xayol qildim. Asadbek yonida 
yursangizu, menga lozim paytda ko‘maklashsangiz, biz bularning ildizini quritamiz. 
Kutilmagan bu gap chinmi yo sinash uchun aytilyaptimi, Halimjon tushunmadi. 
— Bularning qilib yurgan ishidan ko‘pchilik norozi, ko‘pchilik qo‘rqadi. Lekin kimdir unga 
qarshi chiqishi kerak-ku? Siz halol, adolatparvar do‘stlaringiz bilan meni tanishtiring. 
Mana, yaqinda bir qadrdon do‘stim o‘zini osdi. 
— Shularni debmi? 
— Yo‘q, boshqa odam majbur qilgan. O‘sha odam o‘sha jinnixonada, o‘sha hojatxonada 
osilishi kerak. Do‘stimning ruhi shuni talab qilyapti. Buning uchun ham menga yordam 
kerak. 
— Hofiz aka, ranjimang, bu gaplaringiz menga yoqmayapti. 
— Halimjon, o‘ylab ko‘ring. Busiz adolat bo‘lmaydi. Ponani pona bilan chiqariladi. 
Bu yovuzlik uyasiga tushib qolib, yolg‘iz qush holatida yurgan Halimjonga Elchinning 
gaplari boshqa bir yovuzlik uyasiga chorlash kabi tuyuldi. Elchin uning holatini 
tushungani uchun «eng muhimi aytdim, o‘ylab ko‘radi», deb uzoq da’vat qilmadi. 
Halimjon xayrlashib, qaytayotganida darvoza bo‘sag‘asida Shomilga duch keldi. Ikkovi 
avval bir-biriga taajjub bilan tikildi. Bir nafasdan so‘ng taajjub o‘rnini burgut qarash 
egalladi. Yaxshiki, bularning xo‘roz kabi patlari yo‘q, bo‘lgandami, darrov hurpaytirib 
olardilar. Shomil Halimjonning orqasidan kelayotgan Elchinni ko‘rib sovuq tirjaydi-da, 
darvoza bo‘sag‘asidan chekinib, yo‘l bo‘shatdi. Halimjon esa zaharli qarashiga isloh 
kiritmagan holda uning yonidan o‘tib, mashinasiga o‘tirdi. O‘n qadam naridagi «jiguli»da 
bir ayol o‘tirganini ko‘rdi, ammo «kim ekan u?» deb sinchiklab qaramadi. 
Halimjon ketgach, Shomilning ishorasi bilan juvon mashinadan tushib Elchin sari kela 
boshladi. Juvon g‘oyat go‘zal, yurishi ham o‘ziga yarasha tamannoli edi. U Elchinga 
yaqinlashib, yosh ko‘ngillarni entiktirib yuborish qudratiga ega bo‘lgan shirin jilmayish 
hadya etdi-da, qo‘lini uzatib: 
— Valya, — deb o‘zini tanishtirdi. 
Entikish yoshidan o‘tgan bo‘lsa-da, Elchinga bu jononning jilmayishi xush yoqdi, oppoq, 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish