Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
210
momiq qo‘lning tafti esa vujudiga iliqlik berdi. Bu iliqlikni o‘sha zahoti Shomilning 
yoqimsiz ovozi haydadi: 
— Xonimning zarur ishi bor ekan senda, — dedi u Elchinga. 
Elchin o‘zini tanishtirib, ichkari taklif etgach, Valya Shomilga qaradi-da, «sen mashinada 
o‘tira tur, bu yerda mashina o‘g‘rilari ko‘p deb eshitdim», deb ostona hatlab ichkari kirdi. 
Valya shu amri bilan o‘zining martabasi baland ekani, Shomilni esa nochor bir qul 
ekanini ta’kidladi. 
Elchin: «Shomilning popugini pasaytirib qo‘ygan bu oyimcha kim bo‘ldi?» — deb 
ajablandi. Valya Elchinni jumboqlar dengizida suzishiga yo‘l qo‘ymadi. Uyga kirib o‘tirishi 
bilan maqsadga ko‘chdi: 
— Meni Zelya yubordi. 
— Kim? — dedi Elchin o‘zini tushunmagan qilib ko‘rsatib. 
— Zelixan, akademik, — dedi Valya. 
— O‘zi qaerda? 
— O‘zi Sochida. Zarur ish bilan band. Kelolmadi. Bir gapni aytib yubordi: oxirgi marta 
tunagan joyda Dostoevskiyning to‘rtinchi jildi orasida bir varaq qog‘oz bor ekan. Unda 
pul qaerga yashirilgani aytilgan ekan. 
— Qanaqa pul? — dedi Elchin yuziga ovsarlik niqobini tushurib. 
— Yig‘ib qo‘ygan puli bor ekan. Shuni topib, yarmini mendan berib yuborar ekansiz. 
— Yarmi-chi? 
— Yarmi sizga ekan. Nima qilishni o‘zingiz bilar ekansiz. Qaerda tunaganini bilarsiz? 
Bo‘liq soniga Elchinning bot-bot qarab qo‘yayotganini sezgan Valya etagini yanada 
yuqori ko‘tarib, oyoqlarini chalishtirib oldi. 
— U bir joyda yashamas edi. Yotib yuradigan bir-ikki joyini bilaman, vaqtim bo‘lganda 
qarab qo‘yarman. 
— Kutishga fursat yo‘q. Birga boramiz. Shu bugunoq. 
— Menga ishonmaysizmi? 
— Siz-chi? Menga ishonyapsizmi? 
— Ham ishonmayapman, ham ishonyapman, — dedi Elchin kulimsirab. 
— Sabab? 
— Ishonishimning boisi, Zeli og‘a chiroyli      ayollarni tanlashga ustalar. Ikkinchidan, 
yaqinda menga Sochidan qo‘ng‘iroq qildilar. Ishonmasligim-     ning sababi — telefonda 
bu haqda hech nima demadilar. 
— Bu telefonda aytadigan gap emas. Ketdikmi? 
— Hozir men ishga borishim kerak. Kutishyapti. 
— Ansamblingiz bor ekan, a? Men ham san’atga o‘larday qiziqaman. Repetitsiyangizga 
olib boring, zerikmayman, rost. 
Elchin «quvgina xonimcha ekanmi?» deb o‘yladi-da, unga qarab jilmayib: 
— Marhamat, yuring, — dedi. 
Elchin mashinani ko‘chaga olib chiqayotganida Valya Shomilni imlab chaqirdi-da, 
«orqamizdan qolma», deb shipshidi. 
Elchin Valyaning maqsadini darrov fahmladi. Ro‘paradagi ko‘zgudan qarab, Shomilning 
izma-iz kelayotganini ko‘rdi. «Zeli og‘a tashlab ketgan boylikning cho‘g‘ini bilishadi 
shekilli, — deb o‘yladi Elchin. — Shiraga yopishgan itpashshaga o‘xshab qolishdimi, endi 
bulardan osonlikcha qutulish mumkinmasdir. Biron chora o‘ylashim kerak. Bu xonimcha 
chindan ham Zeli og‘ani biladi. Dostoevskiyning to‘rtinchi jildini faqat Zeli og‘a aytishi 
mumkin. Lekin nima uchun aytdi, nima uchun aynan shu xonimchaga aytdi? Nima uchun 
bu xonimcha g‘ilayni laychadek ergashtirib yuribdi?..» 
Valya uning ko‘zgu orqali bot-bot qarayotganini sezib: 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish