Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
212
— Chiroyli juvonga yetishish uchun qozoq bo‘lsam ham mayliga. 
Bir necha chorrahani kesib o‘tishgach, Shomil boshqarayotgan mashinaning qorasi 
o‘chdi. Bu Elchin uchun muddaoning o‘zi bo‘ldi. U g‘ilayni qanday chalg‘itsam ekan, deb 
turganida jonon qochirimli gapi, nozli qarashi bilan unga bahona topib berdi. Valyaga 
esa Shomilning ko‘zdan yo‘qolgani yoqmadi. Chunki Hosilboyvachcha unga Elchinning 
kim ekanini aytgan, ehtiyot bo‘lishni tayinlagan edi. Ularning mo‘ljalicha, Zelixon 
boylikning yarmini in’om etdimi, demak, hammasiga ega chiqish mumkin, otarchini 
ulushga qo‘shishning hojati yo‘q. 
Hosilboyvachcha: «Elchin u joyni balki darrov ko‘rsatmas, balki chalg‘itishga harakat 
qilar, mayli urinaversin, biz uning har bir bosgan qadamini kuzatamiz», deb edi. Birinchi 
harakatdayoq kuzatuvchisi pand yedi. «Chindan ham ayyorga o‘xshaydi», deb o‘yladi 
Valya. Lekin tashvishga tushmadi. O‘n uch yoshidan beri Xongireyning tarbiyasida 
bo‘lgan bu juvon biri ikkinchisiga o‘xshamagan hiyla-nayranglarni ko‘raverib, ko‘zi pishib 
ketgan. U Elchinni dastlab ko‘rganidayoq «buni mushuk boladay o‘ynataman», deb 
qo‘ygan edi, hozir uning harakatini kuzata turib, «baribir o‘ynataman» deb ahdini 
qat’iylashtirdi. 
Valya Elchinning soniga shapatiladi: 
— Sekinroq hayda, g‘ilay senga yoqmasa shunday ham orqasiga qaytarib yuboraman, — 
dedi. 
— Buyruq bilan qaytarishning qizig‘i yo‘q, olib qochishning mazasi boshqa, — dedi 
Elchin, o‘zini go‘llikka solib. — Valya, repetitsiyaga bormayman. Seni hozir Zeli og‘ani 
kuzatib qo‘ygan uyga olib boraman. Yettinchi qavat, o‘ngdagi birinchi eshik. Sening 
adashing, Valentina Mixaylovna. Kirasan, aytasan, o‘sha kitobni o‘zing olasan. Keyin, 
rozi bo‘lsang, restoranda otamlashamiz. 
— Yaxshi. Ammo uyga birga kiramiz. Aldab ketasan, degan gumonda emasman. O‘sha 
narsa ikkalamizga tegishlimi, demak, birga kirib, birga olamiz. 
Yettinchi qavat, o‘ngdagi jigarrang charm qoplangan eshikni yoshi elliklarda bo‘lgan, 
ammo malohatini saqlab qololgan ayol ochib, Elchinni ochiq chehra bilan qarshi oldi. 
— Bu Valya, Zeli og‘aning xotini, — dedi Elchin, «o‘ynashi» deyishni ep ko‘rmay. 
— Xotini emasman, nega yolg‘on aytasan? — dedi Valya. — O‘ynashiman. O‘ynash 
xotindan ham yaqinroq bo‘ladi, shunday emasmi, Valentina Mixaylovna. 
— To‘g‘ri, — dedi uy bekasi kulib, — Zelyaning uylanganiga baribir ishonmas edim. U 
uylanib, oyoq-qo‘llarini bog‘laydigan erkaklardan emas. O‘ynash ekaningizga ishonaman. 
Chunki Zelyaning didi zo‘r. Uncha-muncha juvonni o‘ynash tutmaydi. 
— Valentina Mixaylovna, sizda Dostoevskiyning kitoblari bormi? — deb so‘radi Elchin. 
— Bor. To‘liq asarlar to‘plami bor. Nima edi? 
— To‘rtinchi jildda menga atalgan bir xat bor ekan, ko‘zingiz tushmadimi? 
— Savol qiziq, men kitob o‘qiymanmi? Muqovasi chiroyli bo‘lgani uchun javonga terib 
qo‘yganman. Kir, qaray qol. 
To‘rtinchi jildda darhaqiqat maktub bor edi. Elchin qog‘ozni olib, Valyaga uzatdi. Valya 
xatga ko‘z yugurtir-  di-yu, rangi bo‘zarib, uni yana Elchinga qaytardi-da: 
— Qaysi tilda yozgan o‘zi? — deb ming‘irladi. 
Elchin xatni o‘qib, Valyaga nigohini o‘qdek qadadi: 
— Zeli og‘aga nima bo‘ldi? — deb so‘radi sovuq ohangda. 
Valya unga javob bermay, xatni olib sumkasiga soldi-da: 
— Rahmat, Valentina Mixaylovna, biz shoshib turibmiz, — deb eshik tomon yurdi. 
Uning tez-tez yurishidan, gapirgisi kelmay qolganidan, mashina eshigini qarsillatib 
yopishidan Elchin bildiki, hayajonlanyapti. Elchin arqonni uzunroq tashlashga ahd qilib, 
mashina motorini o‘t oldirdi-da «qayoqqa?» deganday Valyaga qaradi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish