Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
201
XXIV  b o b 
 
1 
 
Zohid ishga borayotib yo‘lda saboqdosh do‘sti Solmonovni uchratib qoldi. Qachonlardir 
ilm toliblari orasida Habib Sattorovning bir qanoti Zohid bo‘lsa, bu do‘sti ikkinchi qanot 
edi. Ikkovlon ilmda to‘ntarish yasash qasdida sho‘ng‘ishdi-yu, yarim yo‘lda Zohid fanga 
xiyonat qilib, adolat qasrini tiklashga yeng shimardi. 
— Sening faqat basharang odamga o‘xshaydi. Mehr-oqibat tariqcha yo‘q senda,— deb 
gina qildi Solmonov.— Dissertatsiya yoqladim, kelmading. Loaqal telefonda tabriklasang 
ham mayli edi. 
— Himoyang tushimga kiribdimi? Aytsang boraman-da,— Zohid shunday dedi-yu, Habib 
Sattorov bilan so‘nggi uchrashuvida domlasining «Solmonov o‘n sakkizinchida 
yoqlayapti» degan gapini esladi. Eslab o‘zidan o‘zi ranjidiyu, ammo do‘stiga sir boy 
bermadi. 
— Melisaxonangga telefonda aytganman. Navbatchi milisa yozib olgan, eshitgansanu 
borging kelmagan. 
— U yerdan ketganimga yaqinda bir yil bo‘ladi. Tabrikning erta-kechi yo‘q, hozir ham 
tabriklasam maylimi? 
— Endi tabrigingni qizig‘i yo‘q. Uyga kelasan, yuzta-yuzta qilib keyin o‘ylab ko‘ramiz. 
Men sendan xafa emasman. Habib akanikiga nima uchun kelmading, yo buni ham 
eshitmadingmi? 
— To‘y qildilarmi? Bundan ham bexabarman, rost. Qachonligi aniq esimda yo‘q, lekin 
ukalarini ko‘ruvdim. Indagani yo‘q. Habib aka Angliyadan keldilarmi? 
— Yo‘q, hali. Domlaning oshig‘i olchi. Angliyadagi ilmiy ma’ruzalari tugaganidan keyin 
Amerikaga taklif etilganlar. Sen, ahmoq, rostdan ham bexabarga o‘xshaysan: domla to‘y 
qilganlari yo‘q, ukalari olamdan o‘tdi. 
— Ukalari? Qaysinisi? 
— Bilishimcha, ukalari bittagina bo‘lsa kerak, tarixchi olim. 
— Shu ukalarini ko‘ruvdim-da yaqinda. Nima bo‘libdi? 
— Jinnixonada ekan, o‘zini osibdi. Ertaga ma’rakasi ekan. Balki Habib akam ham kelib 
qolarlar. 
Ana shu noxush xabarning soyasi ostida xayrlashdilar. 
Solmonov bu noxush xabarni odatiy hol kabi aytdi. U Anvarning jinni bo‘lganu o‘zini 
osganiga ishona qolgan. Zohidda esa bu xabar taajjub uyg‘otdi. 
Ertasiga barvaqt turib Habib Sattorovning ota mahallasiga bordi. Oshni yeb chiqib 
hassakashlar orasidan Habib Sattorov bilan Elchinni qidirdi. Domlasi ko‘rinmadi. Elchin 
esa uch-to‘rt og‘aynisi bilan suhbatlashib turardi. To‘g‘ri bostirib borgisi kelmay, qator 
turgan odamlar safiga qo‘shilib, nigohini Elchindan uzmadi. Bir necha daqiqadan so‘ng, 
Elchin shu tomonga beixtiyor qaragach, nigohlari to‘qnashdi. 
Elchin ikkilanib o‘tirmay, davradan ajraldi-da, Zohidga yaqinlashib, salomlashdi. 
— Bandalik ekan, oshnangizni ham berib qo‘yibsiz. 
Zohid barcha uchun an’anaga aylanib qolgan ta’ziya so‘zlarini aytdi. Bunday hollarda 
qarshi tomon «Ollohning irodasi» deb qo‘yguchi edi. Ammo Elchin bu an’anaga zid 
ravishda qoshlarini chimirdi-da: 
— Bandalikmi yo ahmoqlikmi? — dedi. Atrofdagilar bu gapdan ajablanib ularga 
qarashgan edi, Zohid odamdan xoliroq tomonga qarab yurdi. Elchin unga ergashdi. 
— Gapingizga tushunmadim? — dedi Zohid chetga chiqishgach. 
— Qanday o‘lganini eshitmadingizmi? Xolidiy degan xo‘jayini bor. O‘sha bilan 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish