Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
200
Xongirey aytadigan gapini aytib bo‘lgan edi. Shu bois o‘rnidan turib, xayrlashib chiqdi. U 
ketgach, Asadbek anchagacha indamay o‘tirdi. Chuvrindi «Xongirey nima uchun 
kelibdi?» deb so‘ramadi. Agar Asadbek lozim topsa o‘sha gapni o‘zi aytadi. Lozim 
topmadimi, so‘rashning o‘zi ortiqcha. Chuvrindi Moskvaga kelib Asadbekning ikki siridan 
ogoh bo‘la olmadi. U uchun doktor Xudoyorning suhbati ham qorong‘iligicha qoldi. 
Restorandan qaytishgach, Asadbek Chuvrindini xonada qoldirib yana doktor Xudoyor 
huzuriga chiqdi. Telefonda o‘g‘illari bilan gaplashdi. Ularning to‘yga mayllari borligini 
bilgach, «onang bilan boramiz, kelmay turinglar», deb rizoligiga shama qildi. Chuvrindi 
Asadbekning Manzura bilan gaplashganidan ham bexabar, «doktor Xudoyorning 
gaplarini aytib, yangamni tinchitib qo‘ysakmikin», degan edi Asadbek unga ola qarash 
qilib «yangang tinch o‘tiribdi», deb to‘ng‘illadi. 
Chuvrindi Xongirey chiqib ketganidan beri indamay o‘tirgan Bek akasiga achinib qaradi. 
Dardiga malham bo‘lgisi keldi. Lekin bu o‘jar xojasi uni yaqin yo‘latgisi yo‘q. Boshqa payt 
bo‘lganida Chuvrindi bu holatga zo‘r ahamiyat bermas edi. Hozir, vrachning xulosasini 
eshitib kelgan choqda, garchi bu xulosaga ishongisi kelmasa-da, o‘zi uchun ota kabi 
yaqin bo‘lmish bu odam dardiga befarq qaray olmas edi. U ora-sira Asadbekka zimdan, 
o‘g‘rincha qarab «nahot shunday odamning umri shu qadar qisqa bo‘lsa?» deb o‘ylardi. 
Asadbek uning o‘g‘rincha boqishlarini sezib o‘tirardi. «Mendan gap kutyapti. Avval o‘zim 
o‘ylab, pishitib olay, unga aytmasam, yana kimga aytaman?» 
— Choy chaqirtiraymi? — dedi Chuvrindi uzoq cho‘zilgan sukutdan betoqat bo‘lib. 
— Chaqirtir, tashqariga chiqqim yo‘q,— dedi Asadbek muloyimlik bilan. 
Chuvrindi navbatchi ayolga pul berib, nimalar keltirish lozimligini aytgach, darrov iziga 
qaytdi. U ichkari kirishi bilan Asadbek qarorini ma’lum qildi: 
— Tungi samolyotda qaytamiz. Tayyorgarlikni ko‘rib qo‘y. 
— Mehmon ertaga ketadi shekilli, kuzatmaymizmi? 
— U manziratga tushunmaydiganga o‘xshaydi. Xafa bo‘lmaydi. Sen hozir Haydar 
akangga qo‘ng‘iroq qil, borgunimizcha bilib qo‘ysin: Hosil yaqin orada Moskvaga kelib 
ketmadimi yo Xongireyning odamlari biz tomonlarga borib u xunasa bilan 
uchrashishmadimi? 
Chuvrindi shu gapning o‘zidanoq Xongireyning maqsadini anglaganday bo‘ldi. Telefonga 
yaqin o‘tirishi bilan Asadbek qarorini o‘zgartirdi: 
— Avval Kozlovni top menga. Haydarga keyin aytasan. 
Kozlovni topish oson bo‘lmadi. Chuvrindi Asadbek izlayotganini ma’lum qilgach, bir 
soatdan so‘ng uning o‘zi qo‘ng‘iroq qildi. 
— Sog‘lig‘ing qalay? — deb so‘radi u Asadbekdan. 
— Yaxshi. Hozir Xongirey bilan gaplashdim. 
— Tushundim... Senga avvalroq aytishim kerak edi. Mazang qochgani uchun indamagan 
edim. Qisqasi, Hosil degan bilan aloqa qilishimni istayapti u. Men hech qanaqa Hosil 
deganni bilmayman, deb turibman. 
— Sen u bilan o‘chakishma. Xo‘p, deyaver. Bu yog‘ini menga qo‘yib ber. 
Shu bilan masala hal bo‘ldi. Chuvrindi Kozlovning gaplarini eshitmagan bo‘lsa-da, 
masalaning jiddiyligini, Hosilboyvachcha Xongirey bilan yaqinlashib,  Asadbekni  yiqmoq  
qasdida  ekanini  fahmladi. 
Agar vrachning gaplari to‘g‘ri chiqsa, masala aql bovar qilmas darajada jiddiylashadi. 
Chuvrindi uchun ham hayot-mamot masalasi ko‘ndalang tushadi. U Haydar akasi bilan 
birlashgan taqdirda ham Hosilboyvachchaga teng kelolmasligini biladi. 
 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish