Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
203
yozilgan: «Sotsialistik mehnat zarbdori, ajoyib inson, mehribon do‘st Sayfi Turdiev...» 
Qara-ya, ajoyib inson ekansan. 
— O‘lgandan keyin hamma ajoyib insonga aylanadi. 
— Xullas, nimadan o‘lganingni bilolmay uyg‘onib ketdim. Tushda o‘lik ko‘rsang, 
o‘ngingda tirik ko‘rasan, deyishadi, yur, bi-ir aylanib kelaylik. 
Hamdam shunday deb ko‘cha tomon yurdi. Bir necha daqiqadan so‘ng Sayfi mashinasini 
haydab chiqdi. Hamdam o‘tirgach: 
— Qayoqqa boramiz, okaxon? — deb so‘radi. 
— O‘likxonaga qarab hayda,— dedi Hamdam sovuq ohangda. 
Sayfi yengil titrab oldi-yu, sir boy bermaslikka harakat qilib: 
— Qaysi o‘likxonaga? — dedi. 
— Yigirma sakkizinchi mayda o‘lik sotib olgan joylaringga. 
Sayfi bu gapdan cho‘chib, Hamdamga qaradi: 
— Menga qarama, yo‘lga qara. Qo‘rqma, men seni qamamayman. Sen men uchun 
guvohsan. Agar o‘zingni go‘llikka solsang, jinoyatchilarning sherigi deb ro‘yxatga tirkab 
qo‘yish ham qo‘limdan keladi. 
— Jon okaxon... 
— Yo‘lga qara, deyapman. O‘likxonaga hayda, gap bor. Kallasi yo‘q bola ekansan. 
Tayyor o‘likni olib borib yoqib yuborganlaringni bilishimiz o‘zinglar uchun yaxshi-ku? 
Odam o‘ldirish yomonmi, yo tayyor o‘likni yoqib yuborish yomonmi? Bilib qo‘y: bizning 
oldimizda gunohlaring kamaydi, lekin xo‘jayinlaring oldida yomon gunohga botding. 
Ba’zan guvoh bo‘lgandan ko‘ra jinoyatchi bo‘lib o‘tirgan ham ma’qulroq. 
— Bu nima deganingiz? 
— Bu deganimki, seni kim yollagan bo‘lsa, o‘sha yo‘q qilishga urinishi mumkin. Sen 
ovsar, dovdirab kirib qolgan olamda guvohlar hech qachon uzoq yashamaydi. U olamda 
yo o‘ldirishing kerak, yo o‘lishing kerak, arosat degan gap yo‘q. Mashinani to‘xtat! 
Sayfi bu gaplardan dovdirab qolgani uchun, Hamdamning o‘zi rulni boshqardi. 
— O‘lik sotib olganlaringni bizga birov aytmadi, o‘zimiz topdik. Lekin baribir buni ham 
sendan ko‘rishadi. Sen uchun hozir ikki yo‘l bor: birinchisi qamoq, qamab qo‘ysam, 
joningni saqlaysan. Ikkinchisi, hech kim bilmaydigan yerda yashirinib turasan. Qamab 
qo‘ya qolaymi? 
— Yo‘q, yo‘q,— dedi Sayfi duduqlanib.— Berkinaman. 
— Bugunoq qorangni o‘chir. Men qo‘rqitayotganim yo‘q. Anavi o‘zing topib bergan ikki 
kavkazlikni o‘ldirib ketishgan. Senga ham yopishishlari mumkin, deb o‘ylayapman. Sen 
dovdirama, menga to‘g‘risini ayt: seni kim yollagan edi? 
Sayfi javob bermadi. Qaltirayotgan barmoqlariga qarab o‘tiraverdi. 
— Shu quyonyurak bilan bunaqa shilta ishlarga aralashib yuribsanmi? 
— Men bunaqaligini bilmovdim. 
— Bilganingda-chi? Ukangning ishini to‘g‘rilash oson ekanmi? Kimligini aytasanmi yo 
yo‘qmi? Bilib qo‘y, hozir hotamtoyligim tutib turibdi. Yomonligim tutib qolsa, onangni 
Uchqo‘rg‘ondan ko‘rsataman. 
Hamdam shunday deb shartta tormozni bosdi. Sayfi munkib, peshonasini oldtokchaga 
urib olay dedi. 
— Aytmasang, bekorga o‘lib ketvorasan, bola. Men ovozingni yozib olayotganim yo‘q, 
protokol ham yo‘q. Aytsang, o‘zingga yaxshi. Xo‘sh? 
— Aytaman, mayli, nima bo‘lsa, Xudodan. Haydar aka bilan gaplashganman. 
— O‘zining shuncha yigiti turib, nima uchun senga buyurdi? Ilgari ham bordi-keldi 
qilarmiding? 
— Yo‘q. Uch-to‘rt oy oldin bir odam keluvdi taksoparkka. O‘sha bilan gaplashayotib, 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish