Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
199
xayolga berilib o‘tirgan Asadbek u kirishi bilan tanishtirdi: 
— Sen bu kishini eshitgansan: Xongirey. 
3 
 
Xongirey deganlari qirq yoshlardagi, o‘ziga oro berib kiyingan, barmoqlariga tilla uzuk 
taqqan odam edi. Chuvrindi uning chaqchaygan ko‘zlarida bir yovvoyi kuch ilg‘adi. 
Asadbek uning sheriklarini tanishtirib o‘tirmadi. 
Xongirey Chuvrindi qaytishidan sal oldinroq kirib kelgan edi. Asadbek u bilan ikki marta 
uchrashgan, garchi bir olamning fuqarosi bo‘lsalar-da, oralarida yaqinlik yo‘q edi. Shu 
sababli uning to‘satdan kirib kelishidan taajjublandi. Xongirey Asadbek bilan 
ko‘rishayotganda o‘zini kiborlarcha tutdi. Avvalgi ikki uchrashuvda ham shunday bo‘lgani 
uchun uning bu qilig‘idan ranjimadi. 
— Asad,— dedi Xongirey, tik turganicha,— yaqinda mening eng yaqin odamim o‘ldi. 
Uning vasiyatiga ko‘ra seni topdim. Marhumning vasiyati biz uchun qonun. 
— Qani, o‘tir, Xongirey, tik turib gaplashishning xosiyati yo‘q. 
Xongirey yumshoq o‘rindiqqa o‘tirib, oyoqlarini chalishtirdi. 
— Akademikni eshitganmisan? U menga ustoz qatori edi. Ana o‘sha ajoyib odamni 
o‘ldirib ketishdi. 
— Kim? 
— Kimligini o‘zim bilaman. Muhimi shuki, u qo‘lidan kelmaydigan ishni qilmoqchi bo‘ldi. 
U o‘limi oldidan menga bir-ikki gap aytibdi. Zelixonning Elchin degan do‘sti bor ekan, 
sening yurtingda. O‘sha o‘lmasligi kerak! 
Bu buyruq ohangida, Asadbekning g‘ashi kelib, zaharli iljaydi: 
— Odamlaring yaxshi ishlamay qo‘yishdimi yo o‘zingni go‘llikka solyapsanmi? Elchin — 
mening kuyovim. 
— Bilaman buni. Shuning uchun ham o‘lmasligi kerak. Bu — bir. Qamalmasligi kerak, bu 
— ikki. Xullas, uni birov chertmasligi kerak, bu — uch. Endi u bizning himoyamizdagi 
odam. 
— Yaxshi. Shuni aytgani keldingmi? 
— Yo‘q, boshqa gaplarim ham bor. Sen Kozlov bilan yaqinlashaverma. U bilan 
bitkazadigan ishni avval men bilan kelishasan. 
— Haddingdan oshyapsan, Xongirey. 
— Men hammaga ham yaxshi gapiravermayman, bu — bir. Hamma gapni ham o‘zim 
kelib aytmayman, yigitlarimdan ayttirib qo‘ya qolaman, bu — ikki. Shundan bilki, Asad, 
men seni hurmat qilaman. Mayli, shu hurmat haqqi senga osilmayman. Lekin Kozlov 
mening ixtiyorimdagi odam bo‘lishi kerak. Sen menga to‘siq bo‘la ko‘rma. 
— Men Kozlov bilan savdo-sotiq qilaman, boshqasi bilan ishim yo‘q. U senga tobe 
bo‘ladimi, katta xolasigami, menga baribir. 
— Ha, ana, endi tushunib yetyapsan. Endi men aytgunimcha u bilan savdo-sotiq ham 
qilmay tur. Men oshni pishirib olay, keyin gaplashamiz. 
— Buni o‘ylab ko‘raman. 
— Asad, sen mening hurmatimga yarasha ish qil. Sening qo‘ling kalta. Meniki esa uzun. 
Men bilan tortishma. Men istagan kuni butun urug‘ing bilan qirilib ketasan. Sen bitta 
shaharga xo‘jayinsan. Men esam,— Xongirey derazadan ko‘rinib turgan Kreml 
devorlariga ishora qildi,— hatto bu yerdagilarni ham o‘ynatishim mumkin. 
— Meni qo‘rqitma, Xongirey. Sening kuchingni bilaman. Lekin sendan qo‘rqmayman. 
Birovdan qo‘rqqan kunim o‘zimni o‘zim otaman. 
Shu gaplarni aytayotganda eshik ochilib Chuvrindi kirib keldi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish