Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
110
hech kim Jalol Komilovni eslolmaydi. Komilovni hatto brigada boshlig‘i ham tanimadi. Bu 
Zohid uchun ajablanarli hol emas edi. Chayqovchi yoki imorat ustalari mana shunday bir 
yerga ilinib olishadi. Birov surishtirsa — ishlaydi, «jamiyatning faol a’zosi». Shunday 
qilinmasa, «tekinxo‘r» degan tavqi la’natga qolishadi. Zohidga bir narsa qorong‘i— kim 
bu, Komilov, chayqovchimi, imorat ustasimi... Yo boshqa bir firibgarmi? 
3 
 
Zohid Jalolshilimshiqning uyini qiynalmay topdi. Xalqda «dvoryanlar uyasi» deb nom 
olgan, ikki qavatli g‘ishtin uylardan biri Komilovlarga tegishli edi. Otasi olti yil 
muqaddam bu dunyo tashvishlaridan qutulib ketgan ekan. Onasi — ellik yoshlarga 
borgan, faqat bu dunyo bilan emas, balki go‘zalligi bilan ham xayrlashishga 
shoshilmayotgan ko‘hlikkina ayol edi. Dahlizda kiyim ilgich yonida ikkita pastak kursining 
biriga Zohid o‘tirdi. Ikkinchisini mezbon egallab, «eshitaman», deganday qoshlarini 
chimirdi. 
— Jalol Komilov sizning o‘g‘lingizmi? — deb so‘radi Zohid. 
— Ha... shunaqa desa ham bo‘ladi, — dedi ayol, chimirilgan holda. 
— Tushunmadim, — dedi Zohid, — o‘gaymi yo boqib olganmisiz? 
— O‘zimniki... o‘zim tuqqanman. Lekin meni tashlab ketgan. Tirikmi yo o‘likmi, 
bilmayman, — ayol afsuslanganday xo‘rsindi. — Ochig‘i, qamoqdadir deb yuruvdim. 
Surishtirib yurganingizga qaraganda endi qamalsa kerak? U... qaysi statya bilan 
ayblanayapti? 
Zohid uning savoliga javob bermadi. Ayolning gaplaridan g‘ashi kelganini yashirmay, 
savolga tutdi: 
— Uni oxirgi marta qachon ko‘rgansiz? 
— Esimda yo‘q. Harholda o‘n yildan oshdi. O‘zi unga nima bo‘ldi, aytsangiz-chi? 
— O‘n yil davomida «o‘g‘lim qaerda ekan», deb qidirib ko‘rmadingizmi? 
— Qaerdan qidiraman? 
Ayol: «O‘g‘lim sha’nimga dog‘ tushirdi, katta mansablarni egallab o‘tirgan odamning 
bolasi o‘g‘ri, sayoq bo‘lishi mumkinmi? U emas, men undan tonganman. Yo‘qolib 
ketganidan hatto mamnun edim», desa haqiqatni aytgan bo‘lardi. 
Jalolshilimshiq qamalganida ayolning ko‘ziga dunyo qorong‘i ko‘rinib ketdi. O‘sha 
damlarda el og‘asi Ayolning husnini e’tibordan chetda qoldirmay, «feodalizm sarqitlariga 
ayovsiz kurash ochib, ayollarni rahbar vazifalarga dadil ko‘tarish» masalasini hal 
qilayotgan edi. Bu masalaning yechimi ijobiy hal bo‘ldi, o‘g‘li ham qamoqdan qaytarildi
ammo to‘g‘ri yo‘lga qaytmadi. Qaytishi mumkin emas ham edi. Harom ishlar 
bandalardan pinhon tutilishi mumkin, ammo shayton yetaklab borayotgan bandaning 
har bir odimi o‘lchog‘li, har bir nojo‘ya qadami uchun jabr tortishi aniq. 
Ikkinchi bolasini oldirib tashlagan, qornini mahkam bog‘lab yurib qad-qomatini saqlab 
qolgan Ayol onalik baxtini asrab qololmadi. O‘g‘li ketar mahalida «Men sizlardan 
nafratlanaman, sizlar nopok odamsizlar!» demadi. Jalolshilimshiq bunday yuksak 
tuyg‘ulardan yiroq edi. «Men qanday xohlasam, shunday yashayman, ishingiz 
bo‘lmasin», dediyu g‘oyib bo‘ldi. Er-xotin orasida mashmasha qo‘zg‘olganida Ayol eriga 
shunday derdi. Buni qo‘shni xonada yolg‘iz o‘tirgan Jalol eshitardi. Uydan chiqib 
ketayotganida Jalol buni piching tarzida aytmadi. Ayol «o‘zimning gapim bilan o‘zimga 
tarsaki urdi», deb ham qayg‘urmadi. «Mayli, o‘zicha bir yashab ko‘rsin. Burnini tortib, 
chorig‘ini sudrab qaytib keladi», deb ishondi. Kutgani bo‘lmadi. «Davlat ahamiyatiga 
molik ishlar»ga sho‘ng‘ib ketib, o‘g‘lini ko‘pam eslamadi. Hatto uyini o‘g‘ri urib 
ketganidan keyin ham yodga olmadi. O‘g‘riboshi o‘g‘li ekani ham xayoliga kelmadi. Milisa 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish