Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
113
Qizining boshi qorong‘i... Vaqti kelib haromi bola tug‘adi. Asadbek haromi nabiralik 
bo‘ladi... 
Xo‘sh, endi nima qilish kerak? 
Bu savolga kim javob beradi. Manzurami? Uning ko‘zlariga muhrlangan, mung bilan 
yo‘g‘rilgan savolga-chi? Unga kim javob topadi? Agar Manzura qizini erka-tantiq qilib 
tarbiya etganida, qizi suyuqoyoq chiqib, bu tavqi la’natni o‘zi orttirganida Asadbek 
bularni nima qilishni o‘zi yaxshi bilar edi. Bu savolga javob topishda qiynalmas edi. 
Afsus, eng katta aybdor — uning o‘zi. Asadbek buni bilgani uchun ham eziladi. 
Boshqalarning taqdirini hal etishda ko‘p ham ikkilanmaydigan odam qizini sharmandalik 
botqog‘idan tortib olishda ojiz ekanini sezdi. Endi uning uchun ikki yo‘l qolgan — biri 
bolani oldirib tashlash. Bunday qilinsa, qizi umr bo‘yi farzand dog‘ida kuyib, kul bo‘lishi 
mumkin. Qolaversa, bu gap oshkor etilmaydi, deb kim kafolat beradi? Ikkinchi yo‘l — 
qizini Elchinga berish. Asadbek garchi dalili bo‘lmasa-da, bu Elchinning ishi, deb 
ishonardi. Ayniqsa, Shilimshiq o‘ldirilgach, bu taxmin haqiqatga aylanganday bo‘ldi. 
Asadbek Elchinning qo‘lidan shunday vahshiylik kelar, deb kutmagan edi. Yigitlari ba’zan 
uning ruxsati bilan, ba’zan ruxsatisiz, vaziyat taqozosiga ko‘ra odam o‘ldirardilar. Ammo 
biron marta bunday vahshiylik sodir bo‘lmagan edi. «Demak, diydasi qattiq ekan, 
demak, alami zo‘r ekan,— deb o‘yladi Asadbek.— Xo‘sh, shu bilan hovuri pasaydimi, 
qasos o‘ti so‘ndimi?» O‘shanda Shilimshiqni surgun qilmay, Elchinni sud qo‘liga topshirib 
qo‘ya qolganida bu tashvishlar yo‘q edi. Nima bo‘ldi o‘shanda? Adolat qilmoqchi bo‘ldimi? 
Yo Elchinning mardligidan iyib ketdimi? Uning «Men o‘zim o‘ldirdim!» deb qat’iy turib 
olishiga avval ajablangan edi. Keyin birdan «bu bolaning jonini saqlab qolish kerak», 
degan fikr miyasiga qattiq o‘rnashib qoldi. Bu fikr oqibati mana endi ko‘rinib turibdi. 
Shilimshiq o‘zboshimchaligi uchun jazoga loyiq edi. Noila voqeasidan oldin ham bir-ikki 
shunday qiliq qilgan, tanobi tortilmasa, arqonni uzishi mumkin edi. U o‘zi ekkan 
daraxtning mevasini o‘zi yedi — unga achinmasa ham bo‘ladi. 
Manzura erining xayolga botganini ko‘rib, indamay turaverdi. Nihoyat, Asadbek nigohini 
bir nuqtadan uzib, xotiniga qaradi: 
— Uzatvoramizmi? 
— Kimga? — dedi Manzura. 
— Bilmayman... 
Chindan ham aniq bilmaydi... 
— Qizingiz... bir gap aytdi. 
— Nima deydi? 
— O‘sha odamning panjalari sal qiyshiqroq ekanmi... 
Bu gapni eshitib Asadbekning ko‘zlari chaqnab ketdi. 
— O‘ng panjasimi? 
— Ha, shunaqa dedi... 
— He, onalaringni...— Asadbek so‘kib yuborganini o‘zi ham bilmay qoldi. — Endi 
aytadimi shu gapni?! 
Demak, Elchin! Boshqa dalil-isbotning keragi yo‘q. 
Asadbek — yaralangan yo‘lbars holidagi odam — kim o‘q uzganini endi aniq bildi. Endi u 
mal’unni bir hamla bilan yo‘q qilib tashlashi mumkin. Shilimshiq tortgan azoblarni 
Elchinning o‘zi ham tortib ko‘rishi hech gap emas. Buni hoziroq bir necha daqiqadan 
so‘ng amalga oshirsa ham bo‘ladi. 
U hovliga chiqdi. Orqasidan ergashgan xotiniga e’tibor bermay darvoza tomon yurdi. 
Odatdagidek ro‘parasida Jamshid paydo bo‘ldi. 
— Otarchini topib kel. Yerning tagidan bo‘lsa ham top, — dedi-da, ko‘chaga chiqib 
mashinaga o‘tirdi. 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish