Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
139
Qamoqxonadagi uchrashuvda ular ruhan bir-birlariga yaqin edilar. Endi ular orasida olov 
daryosi bor. Uni kechib o‘tish mumkinmi? Ular yana to‘qnashadilarmi — Xudo biladi. 
Zohid chiqib ketdi. Ilmoqli gaplari bilan Sharifning yuragini tirnab ketdi. Haqiqat deb jabr 
chekkanlari to‘g‘ri. Ammo bu jabrning rohati ham bor edi, tan olish kerak. Haqiqatdan 
chekinmagan odamning ruhi erkin bo‘ladi. Dard cheksa-da, tiz cho‘kmagani uchun ruhi 
yayraydi. Ana shu rohatdan o‘zi o‘z xohishi bilan voz kechdi. Ammo ruhi uning bu qarori 
bilan kelisha olmaydi. Zindonda azob chekayotgan bandi kabi nola qilaverdi. Hozir Zohid 
chiqib ketgach, bu nola yana boshlandi. Sharif o‘rniga o‘tirib, tirsaklarini stolga tirab
boshini changalladi. 
Eshikni qiya ochgan kotiba unga ajablanib qarab turdi-da, yengil yo‘talganday bo‘ldi. 
Sharif boshini ko‘tarib unga qaradi. 
— Telefonga qarang, — dedi kotiba. 
Sharif telefon go‘shagini qulog‘iga tutishi bilan Asadbekning ovozini eshitdi: 
— Tinchlikmi? 
— Tinchlik. 
— Tergovchi bola nimaga kelibdi? 
— Shunday o‘zi... 
— Chaynalmang. 
— Sulaymonov bilan oralaringda nima gap o‘tgan edi, deydi. 
— Qo‘rqib ketdingizmi? Qo‘rqmang. Bu bola bir o‘limtik chivin. Chaqib o‘ldirmaydi. Faqat 
g‘ing‘illab g‘ashingizni keltiradi. Puf desak, chiqqan joyiga kirib ketadi. Omon bo‘ling. 
Asadbek gapni qisqa qildi. 
«Darrov qayoqdan bila qoldi, — deb o‘yladi Sharif, — hammayoqqa ayg‘oqchi qo‘yib 
tashlagan shekilli?» 
Sharif, Zohid aytganday, go‘l bo‘lmaganda, Qilich Sulaymonovning kotibasi nega 
almashtirildi, deb o‘ylab qo‘yardi. Agar biron marta bo‘lsin shahar markazidagi uch 
qavatli uy yerto‘lasidagi videobarga kirganda edi, kotibaning qaerdan kelib qolganini 
fahm etardi. 
Kotiba kirib yaqinginada videobarda ko‘pning jonini olgan nozli jilmayishi bilan yangi 
xo‘jayiniga yaqinlashdi. 
Choy damlab beraymi, Sharifjon aka! 
Sharifning dimog‘iga yoqimli atir isi urilib, ko‘ngli ravshanlashdi. 
— Mayli, juda achchiq bo‘lmasin, — dedi kotibaga bir qarab olib. 
Kotiba ustolning narigi chetidagi choynakni olish uchun orqadan aylanib o‘tmay, 
Sharifning oldidan qo‘l uzatib egildi. Sharifning dimog‘iga atir isi gupirib urildi. Ko‘zi 
kotibaning siynaband taqilmagan ko‘kraklari orasidagi ariqchaga tushib, ko‘ngli g‘alati 
bo‘lib ketdi. Kotiba hech narsani sezmaganday qaddini rostlab, unga bir ishvali jilmaydi. 
2 
 
Birovga yomonlik qilmaydigan odamni «yaxshi odam» deyishadi. O‘zgalarga yaxshilik 
qilmovchini-chi? Boshqalarga yaxshilik qilmaydigan odamning yomonlik istovchidan farqi 
bormi? 
Vinzavoddan uzoqlashayotgan Zohid shu savolga javob istar edi. Ustozi Habib 
Sattorovich ilmga rag‘bati bor, iqtidorli olimga jonini ham berishga tayyor. O‘zining ishini 
chetga surib, boshqaga yordam qo‘lini cho‘zadi. Bu yaxshilikmi — yaxshilik. Lekin 
ko‘chada birov ochdan shishib o‘lyapti, desangiz, yordam berish uchun chiqmaydi. O‘sha 
o‘layotgan odam olim desangizgina chiqishi mumkin. Bu-chi, bu ham yaxshilikmi yo 
ablahlikmi? Sharif Namozov ham shu toifadanmi? Xo‘sh, Zohid nima qilishi kerak? Bu 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish