Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
141
Hamdam deraza tokchasidagi «shohsupasi»dan tushib, Zohidni yelkasiga yengil musht 
urib qo‘ydi. 
— Gap sening noshudligingda emas. Bu chigalni hatto ulug‘lar ulug‘i Hamdam Tolipov 
ham yecha olmaydi,— u shunday deb kulib qo‘ydi. — Ko‘nglim sezib turibdi, bu 
to‘daning ishi. To‘g‘ri, yog‘ochning uchta emas, ikkita uchi bo‘ladi. Bir yog‘ini bossang, 
ikkinchi tomoni kelib peshonangga uriladi. Yo yaqin kunlar ichi to‘dalarning o‘zi keraksiz 
bir odamini qotil qilib ko‘rsatib, senga ro‘para qiladi, yo «ochilmagan ishlar» ro‘yxati 
bittaga ko‘payib, sen xo‘jayining oldida noshud xodim sifatida qaddingni keri-ib turasan. 
Hamdam gapini hazilga burmoqchi edi, eplolmadi. Tabiatan keskinroq odamning 
kayfiyati buzilib turgan paytda hazil qilishi tuyaning balet raqsiga tushishiday bo‘lar 
ekan. Hamdamning bunaqa hazillari Zohidga yangilik emas. Hamdam o‘z yog‘iga o‘zi 
qovurilib turgan paytda oldindan kelgan odamni tishlaydi, orqadan kelganni tepadi
ayamaydi. Faqat marhamat qilsagina hozirgiday hazillashib qo‘yadi. 
O‘xshatmasdan uchratmas, deganlariday Zohidning kayfiyati ham o‘zingizga ma’lum. 
Sharif Namozovning gaplari, qilig‘idan tamom gangigan Zohidga Hamdamning hazili 
malol keldi. 
— To‘da, to‘da, deysiz nuqul. Shunchalik joningizni olib qo‘yganmi ular? Kim o‘zi ular — 
odammi yo devmi? 
Hamdam ro‘parasidagi jizzaki yigitni endi ko‘rayotganday qattiq tikildi. 
— Ularning kimligini bilmaysanmi? Ular odam ham, dev ham emas. Ular ajdarho. Yuz 
boshli ajdarho. Ammo tanasi, qorni bitta. Ular quvvatni qaerdan oladi, bilasanmi? — 
Hamdam ko‘rsatkich barmog‘ini yuqoriga niqtadi. — Ajdarhoning joni saqlanadigan 
quticha o‘sha yerda. To‘dalarga faqat o‘shalar bas kela oladi. Sen ajdarhoning boshlarini 
nima bilan uzmoqchisan, quruq gap bilanmi? Yo «bu dunyoda adolat degan gaplar ham 
bo-or», deb ajdarhoning qulog‘iga azon aytasanmi? O‘shalar, — Hamdam barmog‘ini 
yana yuqoriga nuqdi, — qo‘lingga o‘tkir qilich ham berishi mumkin. Sen borib 
ajdarhoning bitta boshini uzasan. Senga rahmat aytishadi. Gazitda suratingni 
chiqarishadi. Yuzta boshdan to‘qson to‘qqizta qoladimi shunda? Bekorlarni aytibsan. Sen 
uzib tashlagan bosh o‘rniga darrov boshqasini qo‘yishadi. 
— Falsafadan dars berishga arziydigan domla bo‘lib qolibsiz, — dedi Zohid, piching bilan. 
— O‘g‘rivachchalarni quvlab yurgan odamning falsafasi ham shunaqa mayda bo‘ladi. 
Senga achinganimdan bi-ir gapirib qo‘yaman-da. U yerda kosang oqarmaydi. Faqir kishi 
panada bo‘lgani ma’qul-da. Adolat qilishingga ular yo‘l berishmaydi. G‘irrom ishlarga esa 
sening vijdoning yo‘l qo‘ymaydi. Ikki o‘t orasida qovurilib yuraverasan. Mana, oldingi 
ishing nima bo‘ldi? Ovsarga o‘xshab og‘zingni ochib qolaverding. 
— Endi oshirvordingiz, aka. Gap deb gapiraverar ekansiz-da. Og‘zimni ochib qolganim 
yo‘q. Ilonning dumini ko‘rib turibman. 
— Zo‘rsan-ku! — Hamdam qoyil qolgan odamday ko‘zlarini katta-katta ochib, Zohidga 
qaradi. 
— Masxara qilmang. Sizga to‘g‘risini aytyapman. 
— Ilonning dumini ko‘rib nima qilasan? — Hamdam endi oshkora piching bilan gap 
boshladi. — Ilon kavagiga kirib ketishi mumkin. Siz kavak og‘zida poylab o‘tiraverasiz, 
ilon esa do‘ngning narigi tomonidagi kavakdan chiqib ishini qilaveradi. Qochmasin, deb 
dumini bossangiz, nima bo‘lishini bilasiz-a? Ha, chaqadi! 
Zohid bu gaplarni toqat bilan eshitdi. Hamdam hayajonini bir oz bosib olgach, 
vinzavodga kirganini aytdi. 
— Ana, ko‘rdingmi! Bu marazga rahming keluvdi. Shuni deb Asadbek bilan olishmoqchi 
eding. Shuni deb o‘lib ketsang, ammo juda xafa bo‘lardim. — Hamdam ustol ustidagi 
qora daftarchani olib varaqladi. Kerakli sahifani ochgach, telefon go‘shagini ko‘tarib, 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish