Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
148
— Nasib, bu g‘alvalar o‘tkinchi. Biz ham odamlarga o‘xshab yashaylik-da. 
Nasiba eriga qarab bosh chayqadi. 
— Shu paytgacha odamga o‘xshab yashayatuvdik... 
3 
 
Jamshid bu xonadonga necha marta kelgan bo‘lsa, har safar eshik ochiq bo‘ladi. Shu 
sababli jing‘iroqni chalib o‘tirmay, to‘g‘ri hovliga kirib boraverardi. Bu gal ham shunday 
qildi. Hovlini bosib o‘tib, uyga yaqinlashdi-da, «Hofiz aka!» deb chaqirdi. 
Elchin uyida yo‘q edi. Videoda hindcha tamosha ko‘rib o‘tirgan Zaynab yuragi siqilib 
o‘rnidan turgan, bu onda deraza yonida edi. Tamoshada ikki oshiqning qovushganini 
ko‘rib, Jamshidni eslagan, uni ko‘rgisi kelgan edi. Yaratgan uning ohini eshitib
Jamshidni bu xonadonga keltirib qo‘ysami? Yana qo‘ng‘iroq jiringlamasdan darvozaning 
yonidagi eshik ochildi. U o‘z uyiga kirganday kirib keldi. Zaynabning yuragi esa potirlab, 
joni halqumiga kelib qoldi. Et bilan teri orasida mudrayotgan shayton uyg‘onib, 
juvonning badanini ajib bir haroratda isita ketdi. 
Jamshid uyga yaqinlashib, to‘xtadi. Nimadir dedi. Zaynab eshitmadi. Jamshid ikkinchi 
marta «hofiz aka, ho‘, hofiz aka!» deganda uning ovozi arang qulog‘iga yetib keldi. 
— Hozir, — dedi Zaynab, ammo o‘z ovozini o‘zi ham eshitmadi. 
Jamshid uchinchi marta chaqirdi. Shunda Zaynab deraza yonidan qochib, eshik tomon 
yurdi. Nazarida oyoqlari og‘ir, arang yurayotganday edi. Aslida esa eshikkacha uchib 
bordi. Eshikni ochdi-yu, ostonada to‘xtadi. Hovli tomon oyoq bosishga jur’ati yetmadi. 
Chunki bu mahalda hayo ham uyg‘onib, shayton bilan ixtilofni boshlagan, shayton 
berayotgan haroratni o‘chirmoqqa kirishgan edi. Yaxshiki Jamshid ham to‘xtab turardi. 
Agar u uy tomon qadam qo‘ysa, Zaynab eshikni ochiq qoldirgan holda chekinar, uning 
chekinishi barobarida shayton g‘oliblik mayini sipqora boshlar edi. 
— Xo‘jayin yo‘qmilar? — dedi Jamshid, dabdurustdan. U ko‘z oldida ulg‘ayib voyaga 
yetgan qizchaning juvonlik olamida bu qadar latofat kasb etishini kutmagan edimi, har 
holda ostonada pariruxsorni ko‘rib andak dovdiradi. Hol-ahvol so‘rashni unutdi. 
Juvonning chiroyi aqlini shoshirgan bo‘lsa-da, ko‘ngliga yomon fikr oralamadi. 
— U kishi o‘rtoqlari bilan ketuvdilar, — dedi Zaynab. 
— Bek akam so‘rayatuvdilar. Qayoqda bo‘lishlari mumkin? O‘rtoqlarini taniysanmi? 
— Kuyovjo‘ra bo‘lgan yigit-chi? Anvarmidi otlari... Shu mahallada turishadi. 
Choyxonaning atrofida deganday bo‘luvdilar... 
— Bo‘pti, o‘zim topaman. Kep qosa, adangni topsin. Ish zaril! 
Jamshid shunday deb iziga qaytdi. 
Zaynab ko‘nglida kiring, choy iching, demoqchi bo‘ldi-yu, tiliga chiqmadi. Jamshid yana 
bir nafas tursa aytardi. Lekin u to‘pori juvondan lutf kutmadi. Ko‘cha eshigi yopilgach, 
Zaynabning xo‘rligi keldi. «Yigit degani ham shunchalik e’tiborsiz bo‘ladimi?..» 
U xonaga qaytib, yana deraza oldiga keldi. Yana ko‘cha eshigiga tikildi. Xayolan 
jingalaksochli yigitni chaqira boshladi. Xayolidagi yigit iziga qaytdi. Eshik ochildi. U 
jilmayib kirib keldi. Bu safar «Hofiz aka!» deb baqirmay, «Zaynabxon!» deb shivirlab 
keldi. Zinadan ko‘tarildi. Uyga kirdi. Deraza oldiga yaqinlashdi. Uning 
yaqinlashayotganini bilsa ham, Zaynab hech narsadan bexabarday hovliga tikilib 
turaverdi. U orqa tomondan keldi. Yelkalaridan quchoqladi. Zaynab entikdi. Uning iliq 
nafasi bo‘yniga urildi. Badanini lovullatib yubordi. Yelkadagi baquvvat qo‘llar boshqa 
vazifa bilan qo‘ltiq ostiga yuborildilar... Shunda u o‘girildi... ko‘zi yumuq holda bo‘lsa 
ham lablarini osonlik bilan topdi. Keyin u ko‘tarib oldi. Yotoq sari yurdi. Yumshoq to‘shak 
ularni bag‘riga oldi... 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish