Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
151
Olim emas u, lo‘ttiboz. 
— Qanaqa ishlar qilgan? 
— O‘zbekni bosmachiga chiqargan shu-da. Ishlarini yaxshi bilmayman. O‘tgan yili 
mukofot olgan bitta kitobini ko‘rganman. «Turkistonda buyuk O‘ktabr g‘alabasi», 
deganmidi... xullas, nomi shunga o‘xshash. Ikki bet o‘qib ko‘nglim aynib ketgan. 
— Shogirdlari kim? Dushmani kim? 
— Dushmani men. 
— Kitobini o‘qimay turib dushmanman, deysizmi? 
— Uning kitobini o‘qish shartmas. 
— Shogirdlari-chi? 
— Institutning hammasi shogirdi. 
— Institutda uni yomon ko‘radiganlar yo‘qmi? 
— Kim biladi, balki bordir. Bo‘lsayam maydaroq odamlar orasidan chiqadi. Yiriklarini 
taniyman, unga paxta qo‘yib yuradi hammasi. 
Asadbek uchun boshqa gapning hojati yo‘q edi. Rahmat ham demay, go‘shakni joyiga 
qo‘ydi-da, bir qarorga kelib, o‘rnidan turdi. 
Jamshid «qayoqqa?» ham demay, unga ergashdi. Asadbekning xohishiga ko‘ra 
Anvarning uyiga qarab jo‘nashdi. Shom qorong‘isi cho‘ka boshlagan edi. Eski shaharning 
tor ko‘chalari eriyotgan qordan balchiq holiga kelganidan yurish qiyinlashgan edi. 
Jamshid mashinani avaylab haydab bir darvoza yonida to‘xtadi. 
— Qara-chi, hali ham shu yerdamikin? — dedi Asadbek. 
— Shu yerda bo‘lsa sudrab chiqaveraymi? — dedi Jamshid. 
— Men senga «qarab ko‘r», dedim! 
Jamshid ortiqcha gap aytib yuborganidan izza chekib, mashinadan tez tushdi. Odati 
bo‘yicha qo‘ng‘iroq chalmay ochiq darvozadan ichkari kirdi-da, hayallamay tez qaytdi. 
— Uyda o‘tirishibdi, Anvarning xotini oshxonada. Pastda onasining uyi bor. Boshqa hech 
kim yo‘q. 
— Sen shu yerda o‘tir. 
Asadbek shunday deb mashinadan tushdi. U ham hovliga hech bir ogohlantirishsiz kirib 
bordi-da, chirog‘i yonib turgan uy tomon yurdi. Ichkari kirib, mehmonxona eshigini qiya 
ochdi. O‘rtadagi ustol ustiga dasturxon yozilmagan, kitob-qog‘ozlar betartib sochilib 
yotibdi. Ikki oshna ustol atrofida emas, pastda o‘tirishibdi. Elchin eshikka orqa qilib
chordana qurib olgan. Yuzini deraza tarafga qaratgan Anvar esa muk tushib bir 
narsalarni o‘qiyapti. Asadbek umri bino bo‘lib bitta kitobni o‘qib chiqmagan. Uni aslida 
kitobga rag‘bati yo‘q, «ishqi yo‘q eshshak, dardi yo‘q kesak», toifasidan desak, haqiqat 
yuziga oyoq bosgan bo‘lamiz. Asadbekning bolaligi o‘zingizga qisman bo‘lsa-da ma’lum. 
Yoshi ulg‘aygach, u yurgan ko‘chalarda kitob o‘qilmas edi. Shunday bo‘lsa-da, Asadbek 
kitob o‘qiyotganlarni ko‘rsa havasi kelardi. Yuragida o‘qishga ishtiyoq uyg‘onardi. 
Shundanmi, qizining beto‘xtov mutolaasiga sira monelik qilmagan. Aksincha, uyni 
kitobga to‘ldirib tashlagan. Aniqrog‘i, bu ishni uncha-muncha o‘qib turguchi Chuvrindi 
amalga oshirgan. 
Asadbek gap poylash uchun emas, yigitlarning mutolaasini bir zumgina bo‘lsin, kuzatish 
uchun ostona hatlamadi. 
Anvar kitobni qo‘yib, qog‘ozlarni titkiladi-da, bir varaqni olib Elchinga qaradi: 
— Mana bu yerda yaxshi bir hikmat bor: «Xari Iso ba suyi Ka’ba ravad, boz oyad hamon 
xar boshad». Mazmunini tushunmadingmi? Isoning eshagi ming marta Ka’baga borgani 
bilan eshakligicha qolaveradi. 
Elchin kuldi. 
— Zo‘r gap, lekin ashulaga tushmaydi. Ashula bo‘ladiganini top. 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish