Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/238
Sana22.10.2020
Hajmi0,78 Mb.
#49876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238
Bog'liq
shaytanat1 ziyouz com
Tilovov O'ktamxon 203 guruh 1-topshiriq, Texnologiya 2-sinf 18.03.2020 yil, 1-мавзу. Замонавий иқтисодиёт ФАНИНИНГ ПРЕДМЕТИ ВА ЎРГАНИШ УСУЛЛАРИ, Adabiyotlar, xitoy iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari(1), xitoy iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari(1), Nashriyot tizimi. Page Maker dasturi va unda ishlash, Nashriyot tizimi. Page Maker dasturi va unda ishlash, Nashriyot tizimi. Page Maker dasturi va unda ishlash, Nashriyot tizimi. Page Maker dasturi va unda ishlash, AMALIYOT 3, а, 391 1 [59](1)I7, axborot
www.ziyouz.com kutubxonasi 
2
murojaat etyapman, vaqtingizni olyapman. Uni topmoqqa bir odamning aqli qosirlik 
qilmog‘i aniq. Ko‘plashib fikrlashaylik-chi, inshoolloh, to‘g‘ri xulosa chiqarib olsak. 
Hayot turfa rang. Ko‘zni yashnatib, dilga quvvat berguchi chiroyli ranglar ham, ko‘ngilni 
vayron qilguchi qora rang ham bor. Avvallari qora rangni ishlatishga bir tomondan 
ijozat, ikkinchi tomondan jur’at yo‘q edi. Qoraning yonida albatta oq, pushti, zangori... 
ranglar bo‘lishi shart edi. Zamon bergan erkinlikdan foydalanib, turmushimizning qora 
ko‘chalariga kirishga jazm etdim. Yozganlarimni o‘qib, chor-atrof zimiston-ku, deb 
vahimaga berilmang. Yorug‘ kunda barcha yaxshi narsalarni ko‘rib turamiz. Qorong‘ida 
esa ko‘rmaymiz. Urilib, surilib, qoqilib yuramiz. Alqissa, yorug‘ kunning qadriga yetmoq 
uchun qorong‘ulikni ham ko‘rish lozim emasmi? 
Asarni oxirigacha o‘qiy olsangiz, bunga sabringiz va vaqtingiz yetsa, bir qancha odamlar 
bilan tanishasiz. Ular balki qo‘shningizga, balki do‘stingizga, balki qarindoshingizga 
o‘xshab ketar. Shu hol yuz bersa, «Falonchini yozibdilar» deb yurmang. Bu shunchaki 
tasodifiy o‘xshashlikdan boshqa narsa emas. 
Hech bir inson yomonlik uchun yaratilmaydi. Inson dunyodan lazzatlanish, bu dunyo 
sinovlaridan o‘tish uchun keladi. Odam yerda yuradi. Shoir Asqar Qosim aytmoqchi: 
Samodagi tuzoq nima bilmagay, 
U hech kimga itoat ham qilmagay. 
Afsus, oyoqlar ostida tuzoqlar ko‘p. Bu tuzoq odam bolasining hayot yo‘lida hal qiluvchi 
vosita ham bo‘lishi mumkin. Men asarda sizga hamroh bo‘lguchi fuqarolarning 
ayrimlarini avvaldan tanishtiray. Shu maqsadda bir oz ortga qaytishimizga to‘g‘ri keladi. 
 
__________________ 
* «Ibrohim» surasining 22-oyati. Alouddin Mansur tarjimasi. 
* Ahmad Yassaviydan satr.
 
 
ELCHIN 
 
1978 yil, 8 sentyabr. 
 
U momiq bulutlar ustida sarxush suzardi. Birdan bulut choki so‘kilib, pastga qarab 
sho‘ng‘idi. Yuragi shuv etdiyu ko‘zini ochdi. Chindan ham bulut ustida sayr qilardimi, 
chindan ham pastga sho‘ng‘idimi — daf’atan idrok etolmadi. Xayolini jamlashga urindi. 
Ko‘rib turgani — naqsh bilan bezatilgan shift — demak, o‘z uyida. Ajab, uyga qachon, 
kim bilan qaytdi ekan? 
«— Men hazil o‘yin deb o‘ylabman... 
— Qimorda hazil bo‘lmaydi, erkak. 
— ...To‘layman... faqat bugun emas. Bir-ikki yil ichida. 
Pulni-ku, to‘larsan-a, xotining-chi? Xotiningni ham tikvorgansan-ku». 
Bu xirildoq ovoz boshiga gurzi bo‘lib urilib, sapchib tushdi. Beixtiyor: 
— Noila! — deb baqirdi. 
Javob bo‘lmadi. «Olib ketishdimi?!» degan fikr vujudini parchalab tashladi. Bu safar 
jonholatda baqirdi: «Noila!!!» Ayvondagi qafasda mudrayotgan to‘tiqush patirlab, bir 
chug‘urlab qo‘ydi-yu, tinchidi. Tashqarida it ulidi. 
U seskanib, atrofga olazarak boqdi: o‘ng tomondagi yotoq eshigi qiya ochiq. Ichkarida 
chiroq yoniq. Noila yolg‘iz qolgan tunlari chiroqni yoqib yotardi. «Uyda ekan...» — shu 
fikr uning parchalangan vujudiga jon qaytardi. Eshik tomon yurdi. Ostona hatladi-yu, 
toshday qotdi: ikki kishilik karavotda, umrining eng shirin damlari o‘tgan o‘rinda Noila 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti