Asabdek bir tush ko‘rdi: o‘zi mozorda turgan emish. O‘rkach-o‘rkach qabrlar oq
tuyalarga aylanib, karvon bo‘lib tizilib ketayotganmish. Oq tuyalar ko‘zida yosh bor
emish, tuyalar qabristonni tark etgach, bo‘ron turganmish. Quyun do‘mpayib turgan
qabrlarni xuddi qozon qopqog‘iday ochib, murdalarni sug‘urib olib, qiyomatni boshlab
yuborganmish. Murdalar to‘zigan xazon singari Asadbek atrofida charx urarmish...
— Adasi... Adasi...
Shu yerga kelganda Manzura uni yelkasidan asta silkib uyg‘otdi.
— Voy, yomon tush ko‘rdingiz-a, astag‘firulloh deng.
Asadbek xotinining gapini ikki qilmay, ichida tavba dedi. Manzura uning peshonasidagi
terni kafti bilan artdi. Asadbek qo‘rqinchli tushlarni ko‘p ko‘rardi — dam uni
bo‘g‘izlashardi, dam osishardi... Ba’zan bosinqirab, dod deb o‘yg‘onardi, dam qo‘rquvdan
terlab, tipirchilab qolganida xotini uyg‘otardi. Bugungi tushi, avvalgilariga
solishtirilganda, uncha dahshatli emas. Oq tuyalar tizilib ketishdi. Qabriston junbushga