www.ziyouz.com kutubxonasi
56
majlislarida bo‘lsa, yo suzlashib qolsa, Janob majlisda ham, so‘zda ham undan ziyoda
sabrlik bo‘lar edilar. To u zot o‘zi turib ketmasa, Janob turmas edilar. Har kim Janobdan
bir xojat tilasa, yo o‘sha tilagini olib ketar edi yo biror shirin so‘zlarini va uzrlarini eshitib
ketar edi. Xulqlari va yaxshi mijozlari har qanday bir insonni sig‘dira olar edi. Hammaga
barobar ota edilar. Hamma qoshlarida haqda barobar edi. Majlislari hamisha hilm, hayo,
imonat va sabr majlisi bo‘lar edi. Majlislarda ovozlar baland ko‘tarilmas, hurmatlar
poymol etilmas, unda bo‘lib o‘tgan xatolar tashqariga tarqatilmas edi. Majlisdagilar
hammalari barobar bo‘lar edilar. Balki taqvosi borlar afzal xisob qilinar edilar. Hammalari
tavozi’lik bo‘lar edilar. Ular majlisda kattalarga xurmat va kichiklarga rahmu shafqat
qilar edilar. Xojati bor odamni o‘zlaridan haqliroq bilib, Janobga yaqin qo‘yar edilar.
Musofir, g‘arib kelib qolsa, hurmatlab, haqqini ado qilar edilar. G’arib navozliklarini isbot
etar edilar.
I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xudoga maxbub bo‘lgan yaxshi xulqlarning
barchasi uchun timsol mujassam edilar. Tamomi kamolat bilan ziynatlangan edilar. Alloh
Taolo hammamizga har bir xulqda Janobga ergashmoq baxtini nasib etsin. Omiyn.
263. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
dedilar: “Agar menga qo‘yning pochasini xadya qilinsa ham qabul etaman va uni
pishirib, meni chaqirilsa ham boraman”. (Ya’ni, hadya naqadar odamlar nazarida haqir
bo‘lsin va ziyofat naqadar sodda va betakalluf bo‘lsin, men uchun maqbuldir. Men Alloh
Taoloning har qanday ne’matini ne’mat bilaman va chaqiruvchi va xadya berguvchining
dilini ovlayman).
264. Jobir roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh salloloxu alayhi vasallam mening
bemorlik holimda so‘ragani uyimga keldilar. Na xachirga mingan edilar va na ajami otga.
Balki muborak oyoqlari bilan piyoda keldilar.
265. Yusuf ibn Abdulloh ibn Salom roziyallohu roziyallohu anhumo dedilar: Mening
nomimni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Yusuf qo‘ygandilar, va meni quchoqlariga
o‘tirg‘izib, boshimga muborak qo‘llarini yetkazgandilar. (Ya’ni, shafqat bilan boshimni
silagandilar).
266. Amra roziyallohu anho dedilar: “Oisha roziyallohu anhodan savol qilindi, Rasuli
akram sollallohu alayhi vasallam o‘z uylarida nima ishlar bilan mashg‘ul bo‘lar edilar?”
Onamiz javob berdilar: “Janob sollallohu alayhi vasallam insonlarning biri edilar.
Liboslarini o‘zlari qarar edilar. Jonivorlarning sutini o‘zlari sog‘ar edilar, va o‘z
xizmatlarini o‘zlari qilar edilar”.
I z o h. Liboslarini boqishdan murod Janobning muborak vujudlariga bit kabi narsalar
paydo bo‘lishi uchun emas, balki, boshqadan kirganmikin deb, yo ummatga ta’lim uchun
boqar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |