www.ziyouz.com kutubxonasi
2
balki ikkisining o‘rtasida edi. Muborak badanlari na semiz va muborak chehralari na
yumaloq, balki ozroq mudavvar (yumaloqqa moyil) edi, chehralari qizilga moyil oq edi.
Ikki ko‘zlari nihoyatda qora va kipriklari nihoyatda uzun edi. Ikki suyaklarining
qo‘shilgan boshlari yo‘g‘on va ikki yelkalari jam bo‘ladigan joylari ham yo‘g‘on go‘shtlik
edi. Badanlarida tuk yo‘q edi, magar siynalaridan kindiklariga qadar nozik mo‘ydan bir
chiziq tortilganday edi. Ikki kaftlari va ikki qadamlari to‘la va go‘shtlik edi. Qachon yo‘l
yursalar, qadamlarini yerdan quvvat-la uzib olar, guyoki pastlikka ketib borayotgan kabi
ko‘rinar edilar. Qachon bir tarafga burilsalar, butun badanlari bilan burilar edilar. Tanho
bo‘yinlarini burib qo‘ymas edilar.
Ikki yelkalarining o‘rtasida muhri-nubuvvat, ya’ni payg‘ambarlik muhri bor edi, va o‘zlari
barcha payg‘ambarlarning oxiri edilar. Hammadan ziyoda saxiy zot edilar, va hammadan
ziyoda rost so‘zlaguvchi va muloyim tabiatli va sharafli xonadonlik bir zot edilar. Kimki u
kishini birdan ko‘rib qolsa, haybatlari bosar edi, kimki yaxshi tanib, suhbatlariga
musharraf bo‘lsa, diydorlariga va suhbatlariga oshiq bo‘lib qolar edi. Maddohlari “Men bu
ga o‘xshagan zotni na o‘zlaridan avval ko‘rdim va na o‘zlaridan keyin ko‘rdim”, degandi.
7. Imom Hasan roziyallohu anhu rivoyat qiladi: Men o‘zimning tog‘am Hind ibn Abi
Holadan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqlarida savol qildim. U kishi ning vasfi
muboraklarini hammadan ziyoda ravshan va yaxshi bayon qilar edi va tog‘am menga
payg‘ambarlikning yuksak sifatlarini bayon kilishini va uni men yod qilib olishni xoxlar
edim. Tog‘am dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqiqatda o‘zlari nihoyatda
ulug‘ bir zot bo‘lib, odamlar nazarida ham nihoyatda ulug‘, hurmatli zot edilar. Muqaddas
chehralari o‘n to‘rt kechalik oy kabi ko‘rkam edi. O’rta qadlik insondan uzunroq va
nihoyatda uzun bo‘ylik odamdan pastroq edilar. Muborak boshlari katta, sochlari ozroq
buralgan edi.
Agar sochlari o‘zicha osonlik bilan ochilsa, farq ochar edilar, agar taroq va boshqa
narsaga zarurat tushadigan bo‘lsa, farqlarini ochmay qo‘yib qo‘yardilar. Sochlarini ziyoda
o‘stirsalar, quloqlarining yumshog‘idan tushib turar edi. Muborak ranglari yaltirab turgan
oq edi. Peshonalari keng va ochiq edi. Qoshlari egilgan bo‘lib, ingichka va qalin va bir-
biridan alohida va qo‘shilmagan edi. Ikki koshlari o‘rtasida bir tomirlari bor edi,
g‘azablari kelganda harakatga kelib ko‘rinar edi. Muborak burunlari biroz baland va
qirralik va unda biroz nuri duraxshon (ko‘rkam) ediki, unga yaxshi diqqat qilib
ko‘rmagan odam burunlarini katta va baland gumon qilar edi. Muborak soqollari katta va
qalin, muborak ikki yonoqlari na ozg‘in va sergo‘sht, balki nihoyatda marg‘ub edi.
Ma’sum (pokiza, gunohsiz) og‘izlari mo‘‘tadil keng edi (fasohatli va balog‘atli
insonlarning og‘izlari shunaqa bo‘ladi). Muborak tishlari mayda va yaltirab turgan edi.
Oldingi tishlari bir-biridan alohida ko‘rinardi. Muborak siynalaridan kindiklariga qadar
nozik mo‘ydan bir chiziq tortilgan bo‘lib, muborak buyinlari shundoq yarashgan, chiroyli
ediki, guyo oq marmar toshdin, yo oj(fil suyagi)dan tarashlangan xaykalning bo‘yni kabi
edi, oqlikda kumush kabi sof edi.
Badanlarining a’zolari hammasi bir-biriga munosib yaratilgan, o‘rta darajada go‘shtlik
edi. Go‘shtlari osilib turgan emas, qorinlari va siynalari tekis va barobar edi. Siynalari
keng edi. Ikki yelkalarining o‘rtasi keng edi. Bo‘g‘imlari yo‘g‘on edi. Libosdan tashqari
turgan a’zolari nurlik, nihoyatda ko‘rkam ko‘rinur edi. (Bundan ma’lum buladiki, libos
ichida mahfuz turgan a’zolari naqadar nurlik bo‘lur). Siynalarining va kindiklarining
o‘rtasida xat kabi cho‘zilgan bir mo‘y tushgan edi. Ko‘kraklari va qorinlari mo‘ydin holi
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Do'stlaringiz bilan baham: |