Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc



Download 296.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/92
Sana13.05.2020
Hajmi296.76 Kb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92
www.ziyouz.com kutubxonasi 

22

qilganlaridagi hollari xotiramga kelib, ko‘nglim buziladi. Rasululloh sollallohu alayhi 



vasallam umrlarida bir kun ikki marta nondan ham va go‘shtdan ham muborak qorinlari 

to‘ygan emas edi.  

 

111. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot kunlariga 



qadar ham arpa nonini ikki kun to‘yib yemadilar. 

 

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING NON YOKI 



BURUNJ BILAN TANOVUL QILADIGAN TAOMLARI HAQIDA BAYON QILINADI 

 

112. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat 



kildilar: Sirka qandayam yaxshi narsadir. 

 

I z o h. Sirka topilishi oson, o‘zi xush zotga takallufdan holi, hammabop bir nonxurishdir, 



har vaqt har yerda arzon topiladi. Unda bor tibbiy foydalar shuki, zaharli taomlar zahrini 

daf etadi, balg‘am va safroni yuqotadi. Hazmga yordam beradi, qorindagi qurtlarni 

o‘ldiradi hamda qorinni tez ochiradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning hakida 

duo qilganlar. O’tgan nabiylarning ham odatlari shunday bo‘lgan.  

 

113. Simok bin Harb dedilar: Men Nu’mon bin Bashir roziyallohu anhudan bunday 



deganlarini eshitdim: 

 

Ey, musulmonlar, Sizlar istaganlaringizcha yemoq-ichmoq ne’matlariga qodir 



emasmisizlar, holbuki, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni shunday bir holda 

ko‘rganmanki, qorinlarini to‘yg‘izadigan darajada kam xurmodan ham bir miqdor topmas 

edilar.  

 

114. Zahdam Jarmiy dedilar: bizlar Abu Muso al-Ash’ariy roziyallohu anhu qoshida edik. 



Huzurlariga tovuq go‘shti keltirdilar. O’tirganlardan bir kishi o‘zini tortdi. Abu Muso 

dedilar: Nega tortilyapsan? U kishi dedi: Men tovuqni yomon bir narsa yeb turganini 

ko‘rib, tovuq go‘shti yemaslikka qasam ichganman. Abu Muso dedilar: Yaqin kel va 

bundan ol va kasamingga kafforat ber, chunki men Rasululloh sollallohu alayhi 

vasallamning tovuq go‘shtini tanovul qilganlarini ko‘rganman. 

 

I z o h. Tovuq go‘shti tez hazm bo‘ladigan go‘sht bo‘lib, dil va dimog‘ va a’zoi raisaga 



toqat beradi. Ovozni sof qiladi, rangni chiroyli qilib, aqlga ham quvvat beradi. 

 

115. Safina roziyallohu anho dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan 



barobar Huboro go‘shtidan yeganman. Huboro so‘ziga ulamolar har ma’nolar berganlar. 

Hamma qovllarning xulosasi shuki, bu qush o‘zi vahshiy qush bo‘lib, rangi xokiy, bo‘yni 

yug‘on, tumshug‘i uchli va uzun, oyog‘i uzun, nihoyatda tez uchadi, badani kaklik 

barobarida bir maxluq ekan. Arabiy nomi huboro, forsiy nomi hubra, shavot va shavol, 

turkiy nomi to‘g‘dariy yo to‘rg‘ay, xindi nomi esa chana ekan.  

 

116. Umar bin al-Xattob roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi 



vasallam dedilar: Zaytun yog‘ini yenglar va uning bilan yog‘laninglar, chunki u yog‘ 

muborak daraxtdan paydo bo‘ladi. 

 

I z o h. Bu daraxtning muborakligi Qur’oni karimda ham zikr qilingan. Barakali bo‘lishini 




Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy 

 

 




Download 296.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
tabiiy fanlar