Muhim sanalar



Download 16,34 Kb.
Sana07.01.2022
Hajmi16,34 Kb.
#327070
Bog'liq
MUHIM SANALAR


MUHIM SANALAR

  1. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilishlari – hijratdan avvalgi 53 yil, Fil yili, 8, 9, 10 yoki 12 rabi'ul avval (milodiy 571 yil aprel).

  2. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning onalari bilan Madinaga borishlari va onalarining vafoti – tug‘ilganlarining oltinchi yili.

  3. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bobolari Abdulmuttalibning vafoti va u zot amakilari Abu Tolibning qaramog‘iga o‘tishlari – tug‘ilganlarining sakkizinchi yili.

  4. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning amakilari Abu Tolib bilan Shom safariga chiqishlari – tug‘ilganlarining o‘n ikkinchi yili.

  5. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Fijor urushida hozir bo‘lishlari – tug‘ilganlarining yigirmanchi yili.

  6. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Fuzul shartnomasida hozir bo‘lishlari – tug‘ilganlarining yigirmanchi yili.

  7. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Xadiyjaning g‘ulomi Maysara ismli yigit bilan tijorat safariga chiqishlari – tug‘ilganlarining yigirma beshinchi yili.

  8. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Xadiyja bint Xuvaylid roziyallohu anhoga uylanishlari – tug‘ilganlarining yigirma beshinchi yili.

  9. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Ka'bani qayta qurishda ishtirok etishlari – tug‘ilganlarining o‘ttiz beshinchi yili.

  10. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga vahiy nozil bo‘lishining boshlanishi – tug‘ilganlarining qirqinchi yili, payg‘ambarlikning birinchi yili.

  11. Habashistonga birinchi hijrat – payg‘ambarlikning beshinchi yili.

  12. Habashistonga ikkinchi hijrat – payg‘ambarlikning oltinchi yili.

  13. Qamal sahifasi – payg‘ambarlikning yettinchi yili boshi.

  14. Qamal sahifasining bekor qilinishi – payg‘ambarlikning o‘ninchi yili boshi.

  15. Abu Tolibning vafoti – payg‘ambarlikning o‘ninchi yili.

  16. Xadiyja roziyallohu anhoning vafoti – payg‘ambarlikning o‘ninchi yili.

  17. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Savda bint Zam'a roziyallohu anhoga uylanishlari – payg‘ambarlikning o‘ninchi yili.

  18. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga Quraysh ozorining shiddatli tus olishi – payg‘ambarlikning o‘ninchi yili.

  19. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Toifga chiqishlari – payg‘ambarlikning o‘ninchi yili.

  20. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qabilalarni Islomga da'vat qilish bilan birga, ulardan himoya so‘rashlari – payg‘ambarlikning o‘ninchi yili.

  21. Ansorlar bilan tanishuv – payg‘ambarlikning o‘n birinchi yili zulhijja oyi.

  22. Oisha roziyallohu anhoga fotihalanishlari – payg‘ambarlikning o‘n birinchi yoki o‘n ikkinchi yili.

  23. Birinchi Aqaba bay'ati – payg‘ambarlikning o‘n ikkinchi yili zulhijja oyi.

  24. Mus'ab ibn Umayr roziyallohu anhuning Madinaga yuborilishi – payg‘ambarlikning o‘n ikkinchi yili.

  25. Isro va Me'roj – payg‘ambarlikning o‘n uchinchi yili.

  26. Namozning farz bo‘lishi – payg‘ambarlikning o‘n uchinchi yili.

  27. Ikkinchi Aqaba bay'ati – payg‘ambarlikning o‘n uchinchi yili.

  28. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Madinaga hijratlari – payg‘ambarlikning o‘n to‘rtinchi yili safar oyi (hijriy birinchi yil).

  29. Masjidi Nabaviy qurilishining boshlanishi – hijriy birinchi yil rabi'ul avval oyi.

  30. Azonning joriy qilinishi – hijriy birinchi yil.

  31. Musulmonlarni birodarlashtirish – hijriy birinchi yil.

  32. Urushga izn berilishi – hijriy birinchi yil.

  33. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Oisha roziyallohu anhoga uylanishlari – hijriy birinchi yoki ikkinchi yil shavvol oyi.

  34. Qiblaning o‘zgartirilishi – hijriy ikkinchi yil rajab oyi.

  35. Ro‘za va zakotning farz qilinishi – hijriy ikkinchi yil sha'bon oyi.

  36. Katta Badr g‘azoti – hijriy ikkinchi yil Ramazon oyining o‘n yettinchi kuni.

  37. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning qizlari Ruqayya roziyallohu anhoning vafotlari – hijriy ikkinchi yil Ramazon oyi.

  38. Hazrati Aliy va Fotimalarning nikoxdari – hijriy ikkinchi yil.

  39. Banu Qaynuqo' g‘azoti – hijriy ikkinchi yil shavvol oyi.

  40. Saviq g‘azoti – hijriy ikkinchi yil zulhijja oyi.

  41. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Hafsa roziyallohu anhoga uylanishlari – hijriy uchinchi yil sha'bon oyi.

  42. Uhud g‘azoti – hijriy uchinchi yil shavvol oyining yettinchi kuni.

  43. Xamr – mast qiluvchi ichimliklarning butunlay harom qilinishi – hijriy uchinchi yil shavvol yoki to‘rtinchi yil rabi'ul avval oyi.

  44. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Zaynab bint Xuzayma roziyallohu anhoga uylanishlari – hijriy to‘rtinchi yil rabi'ul avval oyi.

  45. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Ummu Salama roziyallohu anhoga uylanishlari – hijriy to‘rtinchi yil shavvol oyining yigirma beshinchi kuni.

  46. Davmatul jandal g‘azoti – hijriy beshinchi yil rabi'ul avval oyi.

  47. Xandaq (Ahzob) g‘azoti – hijriy beshinchi yil shavvol oyi.

  48. Banu Qurayza g‘azoti – hijriy beshinchi yil zulqa'da oyi.

  49. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Zaynab bint Jahsh roziyallohu anhoga uylanishlari – hijriy beshinchi yil zulqa'da oyi.

  50. Banu Mustaliq g‘azoti – hijriy oltinchi yil sha'bon oyi.

  51. Ifk hodisasi – hijriy oltinchi yil sha'bon oyi.

  52. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Juvayriya bint Horis roziyallohu anhoga uylanishlari – hijriy oltinchi yil sha'bon oyi.

  53. Hudaybiya sulhi – hijriy oltinchi yil zulqa'da oyi.

  54. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning atrofdagi podshoh va amirlarga da'vat maktublarini yuborishlari – hijriy oltinchi yil zulhijja oyining oxiri yoki yettinchi yil muharram oyining boshi.

  55. Xaybar g‘azoti – hijriy yettinchi yil muharram va safar oylari.

  56. Mut'a nikohi va eshak go‘shtini yeyishning harom qilinishi – hijriy yettinchi yil safar oyi, Xaybar g‘azoti asnosida.

  57. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Safiyya bint Huyay roziyallohu anhoga uylanishlari – hijriy yettinchi yil, Xaybar g‘azotidan Madinaga qaytayotganlarida.

  58. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Ummu Habiba bint Abu Sufyon roziyallohu anhoga uylanishlari – hijriy yettinchi yil.

  59. Zotur-riqo' g‘azoti – hijriy yettinchi yil rabi'ul avval oyi.

  60. Qazo umrasi – hijriy yettinchi yil zulqa'da oyi.

  61. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Maymuna bint Horis roziyallohu anhoga uylanishlari – hijriy yettinchi yil zulqa'da oyining oxiri, qazo umradan keyin.

  62. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning katta qizlari Zaynab roziyallohu anhoning vafotlari – hijriy sakkizinchi yil muharram oyi.

  63. Mu'ta jangi – hijriy sakkizinchi yil jumodul avval oyi.

  64. Makkaning fath qilinishi – hijriy sakkizinchi yil Ramazon oyining o‘n yettinchi kuni.

  65. Hunayn g‘azoti – hijriy sakkizinchi yil shavvol oyining o‘ninchi kuni.

  66. Toif g‘azoti – hijriy sakkizinchi yil shavvol oyi.

  67. Ji'rona umrasi – hijriy sakkizinchi yil zulqa'da oyi.

  68. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning o‘g‘illari Ibrohimning tug‘ilishi – hijriy sakkizinchi yil zulhijja oyi.

  69. Turli qabila va yurtlardan elchi-vakillarning Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelishlari – hijriy to‘qqizinchi yil.

  70. Tabuk g‘azoti – hijriy to‘qqizinchi yil jumodul avval oyi.

  71. Najoshiy rahmatullohi alayhning vafoti – hijriy to‘qqizinchi yil rajab oyi.

  72. Ummu Kulsum roziyallohu anhoning vafotlari – hijriy to‘qqizinchi yil sha'bon oyi.

  73. Riboning harom qilinishi – hijriy to‘qqizinchi yil.

  74. Abu Bakr roziyallohu anhuning odamlar bilan haj qilishlari – hijriy to‘qqizinchi yil zulhijja oyi.

  75. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning kenja o‘g‘illari Ibrohimning vafoti – hijriy o‘ninchi yil jumodul oxir oyi.

  76. Vidolashuv haji – hijriy o‘ninchi yil zulhijja oyi.

  77. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning vafotlari – hijriy o‘n birinchi yil o‘n ikkinchi rabi'ul avval.

 
Download 16,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish