Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc



Download 296.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/92
Sana13.05.2020
Hajmi296.76 Kb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92
www.ziyouz.com kutubxonasi 

21

 



I z o h. Yuqorida suyanib turib taom yemoqlik man’ qilingan edi. Bu hadisda o‘zlari 

suyangan holda tanovul qilibdilar. Uning sababi ochlikdan paydo bo‘lgan zaiflik edi. Ba’zi 

uzrlik holda man’ qilinran narsalar joiz bo‘ladi.  

 

105. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlariga 



qadar xonadon ahli va ayollari arpa unidan bo‘lgan nonga qorinlari to‘ymadi. 

 

I z o h. Ba’zi hadislarda kelganki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uylarida 



onalarimizga bir yillik nafaqalarini xozirlab berar edilar. Undan yuqoridari hadis bilan 

ta’oruz paydo bo‘lib, uning javobiga ulamolarimiz dedilarki: o‘sha hozirlangan nafaqani 

iste’mol qilinganda yil oxirigacha ikki kun nonga navbat kelmas edi. Goho non, goho 

boshqa narsa bo‘lar edi, lekin ikki kun ustma-ust nonginaning o‘zidan qorin 

to‘yilmagandir. Ammo boshqa narsalardan to‘yilgandir. 

 

106. Abu Amoma roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 



uylaridagi onalarimizdan arpa unidan bo‘lgan non ham o‘zi oz bo‘lganligi va kifoya 

qilmaganligidan oshib qolmas edi.  

 

107. Ibn Abbos roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari va 



onalarimiz -hammalari bir-ikki kecha och qolishardilar. Kechqurun yegani bir narsa 

topmas edilar. Ko‘pincha tanovvul qiladigan narsalari arpa noni edi. 

 

I z o h. Savol paydo buladiki, Rasululloh solallohu alayhi vasallam uylarida bir narsa 



bzlmasa sahobalar ichlarida davlatmandlar ko‘p edilar. Hammalari u zotdan jonlarini 

ham ayamasdilar. Ular bu holni bilib turib nima sababdan sabr qilgandilar? Javob shuki, 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday holning ajridan umidvor bo‘lib, nihoyatda 

maxfiy saqlar edilar. Onalarimiz ham shunday edilar. 

 

108. Sahl bin Sa’d roziyallohu anhudan savol qilindiki, Rasululloh sallollohu alayhi 



vasallam yaxshi elangan un nonida yegandilarmi? (Ya’ni ok un nonini). Sahl javob 

berdilarki, Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning hayotlarida to vafot kunlarigacha un 

noni ro‘baro‘lariga na keldi va na uni ko‘rdilar. Savol kilindiki, Rasululloh sollallohu alayhi 

vasallam zamonlarida siz sahobalarda elaklaringiz bo‘lar edimi? Javob berdilar: bizlarda 

elak bo‘lmas edi. Savol qilindiki, arpani qanday qilib non qilar edingizlar? Javob 

berdilarki, bizlar arpani bir idishga olib shopurar va puflar edik. Shunda qipiqlari yoki 

kepaklaridan uchgani uchib ketar va qolgani qolar edi. Keyin uni hamir qilib, non qilib 

yer edik. 

 

109. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xontaxta ustida 



taom yemadilar. Va kichik uzangi ham iste’mol qilmadilar va o‘zlari uchun yupqa non 

ham pishirilmadi. Bu hadis roviylaridan Yunus dedilar: Men Qatodadan so‘radimki, u zot 

taomni nima narsa ustida tanovul qilar edi? Qatoda javob berdilarki, shu odatdagi 

dasturxonda yer edilar.  

 

110. Masruq dedilar: Men Oisha roziyallohu anho huzurlariga hozir bo‘ldim. U kishi 



mening uchun xodimlariga buyurib taom chaqirdilar, va dedilarki, men qachon bir 

taomni topib yesam va yig‘lamoqni xohlasam, yig‘larman. Men so‘radim: Nega 

yig‘laysiz? Dedilarki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning dunyodan rixlat 



Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy 

 

 




Download 296.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat