49-Masala. Agar imom sajdai sahv qilsa, masbuq (ya’ni imom namozining
avvalidan qolgan) namozxon salom bermasdan imom bilan sajda qilishi
vojibdir.
Undan keyin qolgan rak’atlarini qazo qilib o‘qiydi. Agar imom bilan salom bersa-yu,
salom bergan vaqtda qolgan rak’atlari yodida bo‘lsa, namozi fosid bo‘ladi. Agar yodida
bo‘lmasa, fosid bo‘lmaydi.
Tanbeh:
Imom sahvi uchun sajda qilsa, lohiq (ya’ni namozni imom bilan birga boshlab,
keyin uxlab qolgan yo tahorati singan, bir yoki ikki rak’atdan so‘ng uyg‘onib yoki tahorat
yangilab yana imomga ergashgan) namozxon sajdai sahv qilmaydi. Va agar sajdai sahv
qilsa, namozining oxirida ul sajdani qayta bajarmog‘i vojibdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |