Savol:
Musofir kishi biror sabab bilan safar yo‘lidan qaytdi, buning hukmi qanday?
Javob:
Agar to‘liq uch kecha kunduz yo‘l yurgan bo‘lsa, to vataniga yetguncha namozini
ikki rak’at qilib o‘qiydi va agar uch kecha kunduzdan kamroq yo‘l yurgan bo‘lsa, yo‘ldan
qaytishi bilanoq to‘rt rak’at qilib o‘qiydi.
Savol:
Muqim namozxon uch rak’atlik yo to‘rt rak’atlik farz namozni ikki rak’at o‘qib
sahvan salom berdi va sajdai sahv qildi, buning hukmi nima bo‘ladi?
Javob:
U (qirq oltinchi masalada o‘tgan) musofirga o‘xshashdir. Esiga kelgandan so‘ng,
o‘rnidan turib qolgan namozini to‘liq o‘qiydi va avval bajo keltirgan sajdai sahvni yana
qayta bajaradi, agar namozining qolganini o‘qimasa, namozi botil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |