50-Masala. Agar masbuq namozxon sajdai sahvda imomiga ergashmasa,
joyidan turib qolgan namozini qazo qilib o‘qisa, namozi joizdir.
Qiyosga ko‘ra, sujudi sahv undan soqit bo‘ladi va istehsonga ko‘ra, namozning oxirida
sujudi sahv qiladi.
51-Masala. Masbuq namozxon qolgan namozini tamom qilish uchun joyidan
tursa, undan keyin imomi sahvi uchun sajda qilsa, agar masbuq ul rak’atda
sajdaga bormagan bo‘lsa, qaytadi va imom bilan sajda qilib, undan keyin turib,
qolgan namozni boshdan o‘qiydi.
Zero, masbuqning sajdai sahvga qaytishdan oldin o‘qigan namozi namozdan
hisoblanmaydi. Agar qaytmasa va sujudi sahvda imomiga ergashmasa ham namozi
joizdir va istehsonga ko‘ra, yuqorida o‘tganidek, namozining oxirida sujudi sahv qiladi.
Agar masbuq turgan rak’atini sajda bilan muqayyad qilgan bo‘lsa, imomiga sajdai sahv
qilishda mutobaat qilmaydi. Chunki o‘sha rak’atni ado etish bilan uning tanho o‘qigan
rak’ati mukammal bo‘lgan. Agar ushbu holatda mutobaat qilsa, namozi fosid bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |