54-masala. Namozxon namozida shak qilib, necha rak’at o‘qiganini bilmay
qoldi. Agar necha rak’at o‘qiganiga gumoni g‘olib bo‘lmasa, oz rak’atini hisobga
oladi.
Ya’ni kam rak’atni ixtiyor qiladi va oladi. Chunonchi, agar bir rak’at o‘qidimmi yo ikki
rak’at deb shak qilsa, bas, ko‘nglida bir rak’at o‘qidim deb muqarrar qilsin.
Agar ikki rak’at o‘qidimmi yo uch rak’at deb shubha qilsa, ikki rak’at o‘qidim, deb
muqarrar qilsin. Va agar uch rak’at o‘qidimmi yo to‘rt rak’at, deb shak qilsa, uch rak’at
o‘qidim, deb muqarrar qilsin. Undan keyin bu uch suratning har bir suratida qolgan
namozni tamom qiladi va bu uch suratning har birida, namoz oxirida sajdai sahv qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |