361-bob Vabo tarqagan shahardan qochib chiqib ketishning hamda vabo tarqagan shaharga kirishning karohiyati haqida
Alloh taolo:
«Qaerda bo‘lsangiz, hatto mustahkam qal’alar ichida bo‘lsangiz ham, o‘lim sizlarni topib olur» (Niso surasi, 78-oyat);
«Va o‘zingizni halokatga tashlamang» (Baqara surasi, 195-oyat), deb aytgan.
1790/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Umar ibn Xattob Shom shahriga
jo‘nadilar. Qachonki, Sarg‘ nomli joyga yetib kelganimizda, shahar amiri Abu Ubayda ibn
Jarroh va yoronlari kutib olgani chiqib, Shomda vabo kasali tarqaganining xabarini
berishdi. Umar 4§ menga: «Avvalgi muhojirlarni, ya’ni ikki qiblaga qarab namoz
o‘qiganlarni chaqir», dedilar. Men borib ularni chaqirib keldim. Umar 4§ ular bilan
maslahatlashib, Shomda vabo kasali tarqaganining xabarini berdilar. Ular bunda ixtilof
qilishdi. Ba’zilari: «Ulug‘ bir ishni (ya’ni, dushman bilan urushishni) qasd qilib chiqqansiz,
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy