Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
311
salbiy ta’sirlanishdan omonda qoluvchi
kishining yuziga maqtash joiz)
1787/1. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir
kishining boshqa bir kishini ko‘klarga ko‘tarib maqtayotganini eshitib: «Uni
halok
qildinglar yoki bu kishining belini sindirdinglar-ku», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
1788/2. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida bir kishi
zikr qilindi. Shunda boshqa bir kishi uning yaxshiligini gapirib maqtab yubordi. Buni
eshitgan Rasululloh: «Do‘stingning bo‘ynini sindirding-ku», deb bir necha marta aytdilar.
So‘ngra u zot: «Agar sizlardan biringiz maqtashga majbur bo‘lib qolsa,
uni unday-
bunday va shu singari, deb o‘ylayman, desin. Agar men bilganimdek ana shu sifatlarga
ega bo‘lsa, «Hasiybuhu Alloh vala yuzakkiy ‘alallohu ahada» (ma’nosi: «Uning kifoyachisi
Allohdir. Allohning oldida biror kishi aybsiz emas»), desin», dedilar.
Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
1789/3. Hammom ibn Horis va Miqdoddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Usmonni
(r.a.) maqtaganida Miqdod (r.a.) tizzalarini bukib, uning
yuziga mayda toshlarni otib
yubordilar. Shunda Usmon (r.a.): «Bu nima qilganingiz?» deganlarida, Miqdod 4§:
«Rasulullohning (s.a.v.) «Agar maqtovchilarni ko‘rsangiz, yuzlariga tuproq soching»,
deganlarini eshitdim», dedilar.
Imom Muslim rivoyati.
Yuqorida keltirgan hadisimiz yuzga maqtashni man etuvchi hadislardandir. Yuzga
maqtash muboh ekanini anglatuvchi sahih hadislar ham ko‘pdir.
Ulamolar ikki tomon
hadislarini jamlab, quyidagi fikrlarni aytishgan: «Agar maqtalayotgan kishi komil
iymonli, ishonchli, riyozatli, ma’rifatli bo‘lib, o‘sha maqtovdan fitnalanmasa va g‘ururga
ketmasa,
harom ham, makruh ham emas. Agar bu ishlarning birortasidan qo‘rqilsa,
yuzga maqtashlik qattiq makruh bo‘ladi». Shunga asoslanib bu haqdagi turli sahih
hadislarni keltirmoqdamiz:
Rasululloh (s.a.v.) Abu Bakrga
(r.a.): «Jannatga kirishda
hamma eshigidan
chaqiriluvchilardan bo‘lishingni umid qilaman», boshqa hadisda: «Sen ishtoningni
mutakabbirlik niyatida uzaytirib yuruvchilardan emassan», deganlar. Umarga (r.a.) esa:
«Agar shayton seni ko‘rib qolsa, sen yurayotgan yo‘lni qo‘yib, boshqa yo‘lga ravona
bo‘ladi», deganlar. Yuzga maqtash joiz bo‘lgan hadislar ko‘p bo‘lib, bu haqda «Al-Azkor»
kitobida batafsil so‘zlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: