Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet504/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   500   501   502   503   504   505   506   507   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
312
u rejadan orqaga chekinishingizni ep ko‘rmaymiz», deyishdi. Ba’zilari esa: «Siz bilan 
birga boshqa odamlar va Rasulullohning (s.a.v.) sahobalari ham bor. Ularni mana bu 
vabo kasaliga olib borishingizni ep ko‘rmaymiz», deyishdi. Umar (r.a.): «Mening 
huzurimdan turinglar», deb aytdilar. Keyin u zot: «Huzurimga ansoriylarni chaqir», 
dedilar. Men ularni chaqirib kelgan edim, ular bilan ham maslahatlashdilar. Ansoriylar 
ham muhojirlar kabi ixtilof qilib ikki xil fikr aytishdi. Umar (r.a.)  ularga ham: 
«Huzurimdan turinglar», deb aytdilar. So‘ngra u zot: «Huzurimga Makka fath bo‘lishidan 
oldin Islomga kirgan Quraysh oqsoqollarini chaqir», dedilar. Men ularni chaqirdim. 
Ulardan hech bir kishi ixtilof qilmadi. Ular: «Ey Umar ibn Xattob, siz odamlar bilan qaytib 
ketishingizni maslahat beramiz. Mana bu vabo kasali tarqagan joyga ularni olib 
kirmang», deb aytishdi. Shu maslahatdan keyin Umar (r.a.) odamlarga qarata: «Tongda 
men (Madinaga) qaytib ketaman. Sizlar ham qaytinglar», dedilar. Abu Ubayda al-Jarroh 
(r.a.) Allohning qadaridan (taqdiri azalida bitib qo‘yilgan narsasidan) qochib 
ketyapsizmi?» dedilar. Umar (r.a.): «Qaniydi, bu gapni sendan boshqa kishi aytganda 
edi», dedilar. Chunki Umar (r.a.) Abu Ubaydaga xilof chiqishni yomon ko‘rardilar. Va 
yana Umar (r.a.): «Ha! Allohning (yomon) qadaridan Allohning (yaxshi) qadariga 
qochyapmiz. Ey Abu Ubayda, menga xabar ber-chi, agar senda tuyalar bo‘lsa va ular bir 
vodiyga tushsa-da, u vodiyning ikkita maydoni bo‘lsa, biri ko‘kalamzor, ikkinchisi esa 
qup-quruq bo‘lsa va sen ko‘kalamzorda o‘tlatishing ham Allohning qadari, qup-quruq 
yerida o‘tlatishing ham Allohning qadari emasmi?» dedilar. Shu payt Abdurahmon ibn 
Avf kelib qoldilar. Bu sahoba ba’zi zarur ishlari tufayli bu yerda yo‘q edilar. Abdurahmon 
ibn Avf (r.a.): «Mening bu haqda Rasulullohdan (s.a.v.) eshitgan narsam bor. Rasululloh 
(s.a.v.): «Agar bir joyda vabo tarqalibdi, deb eshitsangizlar, u yerga kirmanglar. Agar 
sizlar turgan makonda vabo tarqasa, u yerdan qochib chiqib ketmanglar», deganlar», 
deb aytdilar. Buni eshitgan Umar ibn Xattob Alloh taologa hamd aytdilar va (Madinaga) 
jo‘nadilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1791/2. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar bir 
yerda o‘lat (vabo) kasali tarqabdi, deb eshitsangizlar, u yerga kirmanglar. Agar sizlar 
yashab turgan joyda o‘lat kasali tarqasa, u yerdan chiqib ketmanglar», deb aytdilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda:  epidemiya tarqagan joyga kirish yoki o‘zi yashab turgan joyda tarqalsa, u 
yerdan qochib chiqib ketish taqiqlanmoqda. Bugungi kunimizda buni «karantin», deb 
nomlashadi. Chunki yashab turgan makonda vabo tarqasa, u yerdan qochib chiqqan 
kishi o‘zi bilan birga zararli mikroblarni ergashtirib, sog‘lom kishilarga yuqtirishi mumkin. 
Mana shu narsaga amal qilish Alloh taologa tavakkal qilishga qarama-qarshi narsa emas. 
Balki sabablarning oldini olish va halokatga eltuvchi narsalardan o‘zini uzoq tutish va 
ayni Allohga tavakkal qilishlikdir. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   500   501   502   503   504   505   506   507   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish