358-bob
Azon aytilgandan keyin farzni o‘qimasdan turib uzrsiz
masjiddan chiqib ketishning karohiyati haqida
1784/1. Abu Sha’sodan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Biz Abu Hurayra (r.a.) bilan birga
masjidda o‘tirgan edik, muazzin azon aytib qoldi. Bir kishi o‘rnidan turib masjiddan
chiqib ketdi. U kishi chiqib ketgunicha Abu Hurayra orqasidan qarab qoldilar. Va: «Bu
kishi Abulqosimga osiy bo‘ldi, ya’ni Rasululloh (s.a.v.) buyruqlariga itoat qilmadi», deb
aytdilar». Imom Muslim rivoyati.
359-bob
Rayhonga o‘xshash biror xushbo‘y narsa tortiq etilsa, uni uzrsiz
rad etishning karohiyati haqida
1785/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimga rayhonga
o‘xshash xushbo‘y narsa tortiq etilsa, rad qilmasin. Chunki u narsalarning vazni yengil
va hidi xushbo‘ydir», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
1786/2. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xushbo‘y
narsalarni rad etmasdilar. Imom Buxoriy rivoyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |