369-bob
Man etilgan narsani qilib qo‘ygan kishining aytishi va
bajarishi lozim bo‘lgan narsalar haqida
Alloh taolo:
«Agar sizni shayton tomonidan biron vasvasa yo‘ldan ozdirib (mazkur xislat
egasi bo‘lishdan qaytarmoqchi bo‘lsa), u holda Allohdan panoh so‘rang» (Fussilat
surasi, 36-oyat);
«Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa,
(Allohni) eslaydilar-da, bas, (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar» (A’rof surasi, 201-
oyat);
«(U taqvodor zotlar) qachon biron-bir fahsh-gunoh qilib qo‘ysalar yoki
(qandaydir noloyiq ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab,
gunohlari uchun mag‘firat - kechirim so‘raydigan, - har qanday gunohni yolg‘iz
Allohgina mag‘firat qilur, - bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom
etmaydigan kishilardir. Ularning
mukofotlari Parvardigorlari tomonidan mag‘firat va taglaridan daryolar oqib
Do'stlaringiz bilan baham: |