293-bob Kishi o‘zini shaytonga va kofirlarga o‘xshatishdan qaytarilgani haqida
1633/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)«Chap qo‘lingiz bilan taom
yemanglar. Chunki shayton chap qo‘li bilan ovqatlanadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1634/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)«Sizlardan birortangiz
chap qo‘li bilan ovqatlanmasin. Hamda chap qo‘li bilan biror ichimlik ichmasin. Chunki
shayton chap qo‘li bilan ovqatlanib, chap qo‘li bilan ichimlik ichadi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. 1635/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)«Yahudiy va
nasroniylar (soch, soqollarini) bo‘yashmaydi. Sizlar ularga xilof qilib bo‘yayveringlar»,
deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Ya’ni, oqargan soch va soqolni sariq yoki qizilga bo‘yash joiz. Ammo qora rangga
bo‘yashdan qaytarilgan. Buni keyingi bobda zikr qilamiz, inshaalloh.