www.ziyouz.com kutubxonasi
291
dod-voy solib yig‘lovchi ayol agar bu dunyoda tavba qilib olmasa, qiyomat kuni olovni
alangalatuvchi qora suyuq moddadan ko‘ylak va qo‘tirdan boshqa kiyim-kechaklar
kiygizilib tik qilib qo‘yiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
1664/9. Tobe’in Usayd ibn Usayddan rivoyat qilinadi. Bay’at qilgan xotinlardan biri:
«Rasululloh (s.a.v.) bizdan osiylik qilmaslikka, dod-voy solmaslikka, yoqalarni
yirtmaslikka va sochlarni to‘zg‘itib yubormaslikka bay’at oldilar», deb aytdi. Abu Dovud
hasan isnod ila rivoyat qilganlar.
1665/10. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi Rasululloh (s.a.v.) «Biror odam vafot
etsa-yu, uning atrofidagilar «voy (ishongan) tog‘im», «voy xojam» yoki shunga o‘xshash
narsalarni aytib yig‘lasa, ikki vakil qilingan farishta: «Haqiqatda shundaymisan?» deb
vafot qilgan kishining ko‘kragiga urishadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.
1666/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Insonlarda ikki
xislat borki, ular ana shu ikki xislat bilan kufrdadirlar: nasabini haqorat qilish va
mayyitga baland ovoz bilan yig‘lash», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |