37-BOB
Yaxshi ko‘rgan narsalarini infoq qilish haqida
Alloh taolo quyidagilarni zikr qiladi:
«Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz
yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz» (Oli Imron surasi, 92-oyat);
«Ey mo‘minlar, kasb qilib topgan narsalaringizning halol-pokizalaridan va Biz
sizlar uchun yerdan chiqargan narsalardan infoq-ehson qilingiz! Ehson qilish
uchun past-nopoklarini tanlamangiz!» (Baqara surasi, 267-oyat).
298/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Talha (r.a.) Madinada ansorlar ichida
xurmosi ko‘p badavlat kishilardan biri edilar. Bu zotning eng mahbub mol-mulklari
masjidi Nabaviyyaning ro‘parasidagi Bayraho nomli bog‘lari edi. Rasululloh (s.a.v.) bu
yerga kirib, shirin, chuchuk suvlaridan ichib turardilar. Qachonki, «Suygan
Do'stlaringiz bilan baham: |