Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

 
36-BOB  
Ahli ayoliga qilinadigan nafaqa haqida 
 
Alloh taolo quyidagilarni aytadi: 
«Ularni 
(ya’ni, onalarni) yaxshilik bilan yedirib-kiydirish otaning 
zimmasidadir» (Baqara surasi, 233-oyat); 
«Boy-badavlat kishi o‘z boyligidan (ya’ni, boyligiga yarashadigan) nafaqa 
bersin. Kimning rizqi tang qilingan (kambag‘al)  bo‘lsa, u holda Alloh o‘ziga ato 
etgan narsadan (ya’ni, o‘z holiga yarasha) nafaqa bersin! Alloh hech bir jonni O’zi 
unga ato etgan (rizq-ro‘z)dan  boshqa narsaga taklif qilmas, (ya’ni, har bir inson 
faqat Alloh o‘ziga ato etgan rizqdan infoq qilishga taklif qilinur)» (Taloq surasi, 7-oyat); 
«Ne bir narsani infoq-ehson qilsangiz, bas, (Alloh)  uning o‘rnini to‘ldirur» 
(Saba’ surasi, 39-oyat). 
290/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Bir dinor Alloh 
yo‘lida infoq qilding. Bir dinor qul ozod qilish uchun infoq qilding. Bir dinor miskinga 
infoq qilding. Va bir dinor o‘z ahlingga infoq qilding. Bularning ichida eng savobi ulug‘i 
o‘z ahlingga infoq qilganingdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
291/2. Rasululloh (s.a.v.)ning ozod qilgan qullari Abu Abdulloh Savbon Bujduddan 
(r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «O’z ahli ayoliga infoq qilingan dinor, Alloh 
yo‘lidagi ulovini boqish uchun infoq qilingan dinor, Alloh yo‘lidagi do‘stlariga infoq 
qilingan dinor - dinorlarning afzalidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
292/3. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli, avvalgi 
erim Abu Salamadan bo‘lgan bolalarimga molimdan infoq qilsam, savob bo‘ladimi? Ularni 
unday yoki bunday (qarovsiz) qoldirmayman. Chunki ular ham bolalarim-ku», desam, u 
zot (s.a.v.)  «Ha, ularga qilgan infoqingda ham ajr bordir», dedilar». Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
293/4. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Kitobimizning avvalidagi niyat 
bobida keltirilgan uzun hadisda zikr qilinishicha), Rasululloh (s.a.v.) «Biror narsani infoq 
qilib Allohning roziligini talab qilsang, savobga erishasan. Hattoki, xotiningning og‘ziga 
solgan luqmangga ham savob olasan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
294/5. Abu Mas’ud al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar kishi 
Allohning roziligi uchun ahli ayoliga biror narsani infoq qilsa, o‘sha narsasi u uchun 
sadaqa bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
295/6. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «O’z 
qaramog‘idagi kishini qarovsiz qoldirmog‘i gunohkor ekanligiga kifoya qiladi», dedilar. 
Abu Dovud rivoyatlari. 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
69
Imom Muslimning rivoyatlarida: «Rizqiga ega bo‘lib turib undan o‘sha rizqni man 
etishi kishining gunohkor ekaniga kifoya qiladi», deyilgan. 
296/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Banda tong 
ottirganida ikki farishta tushadi. Ulardan biri: «Allohim, infoq qiluvchilarga o‘rnini 
qoplaydigan narsa ato et», deydi. Ikkinchisi: «Allohim, xasis, ziqnalarga talofot bergin», 
deydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
297/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)  «Yuqoridagi qo‘l 
pastki qo‘ldan yaxshidir. (Ya’ni, ehson qiluvchi qo‘l tilanchi qo‘ldan yaxshidir.) Sadaqa 
berishni avval qaramog‘ingdagilardan boshlagin! Sadaqalarning eng yaxshisi o‘zing va 
oilang ehtiyojlarini qondiradigan narsalarni qoldirib qilgan sadaqangdir. Kimki 
tilanchilikdan saqlanib o‘zini tiysa, Alloh ham uni tilanchilikdan ofiyatda qilib qo‘yadi. 
Kimki (berganiga qanoat qilib) o‘zini behojat qilsa, Alloh ham uni behojat, badavlat qilib 
qo‘yadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish