www.ziyouz.com
kutubxonasi
171
sotuvchi yoki do‘kondor yoki biror miskinga yo‘liqsalar, ularga salom berardilar». Tufayl
aytdilar: «Kunlarning birida Abdulloh ibn Umarning oldilariga bordim. Meni o‘zlari bilan
bozorga ergashtirdilar. U zotga «Bozorda nima qilasiz, baribir oldi-sotdi qilmasangiz,
narxlarini so‘rab, baholashmasangiz va bozor majlislarida o‘tirmasangiz?» desam, u zot:
«Sen bilan bu haqda ana bu yerda gaplashamiz», dedilar-da, «Ya abobatn» («ey qorin
otasi»), dedilar (ya’ni, Tufaylning qorinlari katta bo‘lgani uchun
shunday atadilar). So‘ng yana: «Biz bu yerga salom sababli, ya’ni yo‘liqqan
kishilarimizga salom berish uchun kelamiz», dedilar». (Abdulloh ibn Umar (r.a.)
Rasululloh (s.a.v.) sunnatlarini tiriltirish uchun birortasini qoldirmay mana shunday amal
qilishda boshqa sahobalardan ajrab turardilar... - tarj.) Imom Molik «Muvatto»
kitoblarida sahih isnod ila rivoyat qilganlar.
132-BOB
Salom berishning yo‘l-yo‘rig‘i to‘g‘risida
Salomni boshlovchi salom berilayotgan kishi bitta bo‘lsa ham ko‘plik olmoshi bilan:
«Assalomu alaykum», deydi. Alik oluvchi «vov» harfini ziyoda qilib: «Va alaykum
assalom va rohmatullohi va barokatuhu», deydi.
849/1. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kishi Rasulullohning (s.a.v.)
huzurlariga kelib, «Assalomu alaykum», dedi. Unga javob qaytarib o‘tirdilar-da, o‘nta
savob, dedilar. So‘ngra boshqa kishi keldi-da, «Assalomu alaykum va rohmatullohi»,
dedi. Unga ham javob qaytarib o‘tirdilar-da, yigirmata savob, dedilar. So‘ngra boshqa bir
kishi keldi-da, «Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuhu», dedi. Unga ham
javob qaytarib, o‘ttizta savob, dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
850/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) menga: «Jabroil
(alayhissalom) senga salom aytdi», deganlarida, men ham: «Va alayhissalom va
rohmatullohi va barokatuhu» («U zotga ham Allohning rahmati, salomi va barakasi
bo‘lsin»), dedim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Foyda:
Oisha onamizning fazllari, farishtalarning odamlarga salom yo‘llashi va
g‘oyibdan salom aytgan kishiga javob qaytarishning shartligi ma’lum bo‘lmoqda.
851/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) biror gap aytsalar,
eshituvchi uni anglagunicha uch marta qaytarardilar. Agar biror jamoaga borib salom
bersalar, uch marta salom berardilar. Imom Buxoriy rivoyatlari
Foyda:
Agar jamoat ko‘p bo‘lsa shunday qilinadi.
852/4. Miqdoddan (r.a.) qilingan uzun hadisda keltirilishicha, «Rasulullohga (s.a.v.)
sutdan bo‘lgan nasibalarini olib qo‘ydik. U zot kechasi kelib, uyqudagilar
uyg‘onmaydigan va uyg‘oqlar eshitadigan qilib salom berardilar. Mening uyqum
kelmasdi. Ammo ikki sherigim uxlab bo‘lishgan edi. Shu kuni Rasululloh (s.a.v.) kelib,
avval qanday salom bersalar, shu tarzda salom berdilar». Imom Muslim rivoyatlari.
853/5. Asmo binti Yaziddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kunlarning birida
masjidning yonidan o‘tayotganlarida bir necha ayol o‘tirgan edi. Ularga qo‘llari ila ishora
qilib, salom berdilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Bu hadisda Rasululloh (s.a.v.) lafz ila ishorani jamladilar. Abu Dovuddan qilingan
rivoyat mana shu so‘zni quvvatlaydi.
Foyda:
Uzoqdagi kishilarga ishora va lafz ila salom aytish joiz. Lekin ishoraning o‘zi
bilan kifoyalanish makruhdir. Bunday qilishdan boshqa bir hadisda man qilingan. Chunki
bunday qilish musulmon bo‘lmaganlar odatlaridir. Rasululloh (s.a.v.) fitnadan omonda
bo‘lganlari uchun ayollarga salom berdilar. Kimda-kim fitnadan omonda bo‘lishga ko‘zi
yetsa u kishiga ham ayollarga salom berishi joiz. Lekin o‘ziga ishonmasa salom
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |