Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
177
qilingandan keyin qabr oldida turishning
fazilati haqida
893/1. Barro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bizga: «Kasalni
borib ko‘rishni, janozaga ergashishni, aksa urgan kishiga javob qaytarishni, qasamning
ustidan chiqishni, mazlumga yordam berishni, (taom yoki biror narsaga) chaqirgan
kishiga javob qilishni va salom berishni» buyurdilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
894/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Musulmonning
musulmon ustidagi haqqi beshtadir:
1.
Salomga alik olish;
2.
Kasalni borib ko‘rish;
3.
Janozaga ergashish;
4.
(Taom yoki boshqa biror narsaga) chaqirganga javob qilish;
5. Aksa urganga javob qaytarish», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
895/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar. Alloh taolo
Qiyomat kuni: «Ey odam bolasi, kasal bo‘ldim, meni ko‘rgani bormading», deydi.
Shunda u kishi: «Ey Rabbim, qanday qilib seni ko‘rgani boraman? Sen olamlarning Rabbi
bo‘lsang», deydi. Alloh esa: «Bilmaysanmi, falonchi bandam kasal bo‘ldi, lekin uni
ko‘rgani bormading. Agar uni ko‘rgani borganingda huzurimdan uni topar eding», deydi.
Alloh: «Ey odam bolasi, sendan ovqat so‘radim, menga uni bermading», desa, u kishi:
«Ey Rabbim, qanday qilib seni ovqatlantiraman? Sen olamlar Rabbi bo‘lsang», deydi.
Alloh esa: «Bilmaysanmi, falonchi bandam sendan ovqat so‘radi, lekin sen unga taom
bermading. Agar unga ovqat berganingda huzurimdan uni topar eding», deydi. Alloh:
«Ey odam bolasi, sendan suv talab qildim. Lekin meni suv bilan siylamading», desa, u
kishi: «Ey Rabbim, nechuk seni suv ila siylayman? Vaholanki, sen olamlar Rabbi
bo‘lsang», deydi. Alloh esa: «Falonchi bandam suv talab qildi. Sen unga suv bermading.
Bilmaysanmiki, agar suv bilan siylaganingda, uni mening huzurimdan topar eding»,
deydi.
Imom Muslim rivoyatlari.
896/4. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v): «Kasallarni borib
ko‘ringlar, ochlarga taom beringlar va asirlarni ozod qilinglar», deb aytdilar.
Imom
Buxoriy rivoyatlari.
897/5. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Albatta, musulmon kishi
agar boshqa bir musulmon birodarini bemorlik paytida ko‘rgani borsa, toinki qaytib
kelgunicha jannat xarfasida bo‘ladi», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning Rasuli,
jannat xarfasi deganingiz nimasi?» deyishdi. Shunda u zot: «Terib qo‘yilgan
mevalaridir», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
898/6. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Biror musulmon boshqa bir
musulmonni ertalab ko‘rgani borsa, to kech kirgunicha yetmish ming farishta uning
haqqiga duoda bo‘lishadi. Agar kechqurun ko‘rgani borsa, to ertalabgacha yetmish ming
farishta uning haqqiga duoda bo‘lishadi. Hamda bu kishiga jannatda terib, yig‘ib
qo‘yilgan meva bo‘ladi», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
899/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir yahudiy bola Rasulullohga (s.a.v.) xizmat
qilar edi. Kunlarning birida u betob bo‘lib qoldi. Rasululloh (s.a.v.) uning ziyoratiga kirib,
bosh tomoniga o‘tirdilar va «Islomga kir», dedilar. U bola esa otasiga qaradi. Shunda
otasi: «Abul Qosimga (Ya’ni Rasulullohga) itoat qil», dedi. Bas, u bola musulmon bo‘ldi.
Rasululloh (s.a.v.) uning huzuridan chiqa turib, «Alhamdu lillahillaziy anqozahu minan-
nar» (ya’ni, «Uni do‘zaxdan xalos qilgan Allohga hamd bo‘lsin»), dedilar.
Imom Buxoriy
rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: