Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

 
137-BOB
Kishining o‘z xotiniga, mahram ayolga hamda agar fitna
bo‘lishidan cho‘chimasa begona ayolga va ayollarga, salom
berishi joizligi to‘g‘risida 
862/1. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bizda bir ayol bor edi (boshqa 
rivoyatda boshqacha keltiriladi: «Bizning bir (tanish) kampirimiz bo‘lib...»), u lavlagi olib 
kelardi-da, qozonga solib arpaning maydalangani bilan aralashtirib qo‘yar edi. Biz har 
gal jumani o‘qib qaytayotganimizda unga salom berar edik. U bizga haligi taomni tortiq 
qilar edi». Imom Buxoriy rivoyatlari. 
Foyda: 
Mana shu kabi fitna bo‘lishidan qo‘rqilmaydigan kampirlarga salom berishning 
joizligi ayon bo‘lyapti. 
863/2. Ummu Hone’ Foxitata binti Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Fath kuni 
Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga borsam, u zot g‘usl qilayotgan ekanlar. Fotima (r.a.) 
esa (parda bilan) to‘sib turgan ekanlar. Bas, men salom berdim...» deb hadisning 
qolganini zikr qildilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
Foyda: 
Agar fitna bo‘lishidan qo‘rqilmasa ayolning erkak kishiga salom berishi joiz. 
864/3. Asmo binti Yaziddan rivoyat qilinadi: «Biz ayollar bilan turganimizda
Rasululloh (s.a.v.) oldimizdan o‘tib bizga salom berdilar». Abu Dovud va Termiziy 
rivoyatlari. 
Ammo Termiziy rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) kunlarning birida masjid 
yonidan o‘tayotganlarida bir necha ayollar o‘tirishgan edi. Ularga qo‘llari ila ishora qilib 
salom berdilar. 
 
138-BOB
Kofirga avval salom berishning haromligi va ular salomiga
alik olishning yo‘l-yo‘riqlari hamda musulmon va kofirlar
birga o‘tirgan majlis ahliga salom berishning
mahbubligi haqida 
865/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Yahudiy va 
nasorolarga avval salom bermanglar. Agar birortalaringiz yo‘lda ular bilan ro‘bara bo‘lib 
qolsa, ko‘chaning chetidan yurishga majbur qilsin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
174
866/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar sizlarga ahli kitoblar 
salom berishsa, ularga «Va alaykum», deb aytinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
867/3. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir majlisdan 
o‘tdilar. U majlisda oddiy musulmonlar, mushriklar, butlarga ibodat qiluvchilar va 
yahudiylar bor edi. Va ularga salom berdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish