kim bor?! Albatta, Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas.
145. Ayting: «Menga vahiy qilingan Qur’onda yeydigan kishi uchun xarom
qilingan narsani ko‘rmayapman. Magar o‘laksa yo to‘kilgan qon, yoki to‘ng‘iz
go‘shti bo‘lsa - chunki u haromdir,— yoxud Allohdan o‘zga uchun atalgan
fosiqlik bo‘lsa (haromdir). Bas, kim zolim va tajovuzkor bo‘lmagan holda
muztar bo‘lib qolsa (masalan, ochlikdan o‘lmaslik uchun, u narsalardan yeyish
bilan gunohkor bo‘lmas, zero) Parvardigoringiz mag‘firatli, mehribondir.
146. Yahudiy bo‘lgan kimsalarga barcha tuyoqlilarni harom qildik. Mol-qo‘ydan
ular uchun yog‘larni harom qildik. Magar biqinlaridagi yo ichlaridagi, yoki
suyakka aralashgan yog‘largina (harom emasdir). Zolimliklari sababli ularni
shunday jazoladik. Albatta, Biz rost so‘zlaguvchimiz.
Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
115
Do'stlaringiz bilan baham: |