147. Endi agar sizni yolg‘onchi qilsalar, ayting: «Parvardigoringiz cheksiz
mehribondir, ammo Uning azobi biron jinoyatchi qavmdan qaytarilmas».
148. Hali mushrik bo‘lgan kimsalar: «Agar Alloh xoxlaganida biz ham, ota-
bobolarimiz ham na mushrik bo‘lgan va na biron narsani harom qilib olgan
bo‘lur edik», dedilar. Ulardan avvalgilari ham to azobimizni totgunlaricha (o‘z
payg‘ambarlarini) mana shunday yolg‘onchi qilganlar. Ayting (ey Muhammad):
«Huzuringizda bizga ko‘rsatadigan (aytayotgan so‘zlaringizni tasdiqlovchi)
biron hujjatingiz bormi? Sizlar faqat gumonga ergashmoqdasiz, sizlar faqat
yolg‘on so‘zlamoqdasiz!»
149. Ayting: «Yetuk hujjat faqat Allohning hujjatidir. Bas, agar xoxlaganida
barchangizni hidoyat qilgan bo‘lur edi».
Do'stlaringiz bilan baham: |