1. Alif, Lom, Mim, Sod.
2. (Bu Qur’on) sizga uning yordamida kofirlarni (Allohning azobidan)
ogohlantirishingiz uchun nozil qilingan Kitobdir — bas, ko‘nglingizda u sababli
tanglik (shubhalanish) bo‘lmasin! — va u mo‘minlar uchun bir eslatmadir.
3. (Ey insonlar), sizlarga Parvardigoringizdan nozil qilingan narsaga (Kitobga)
ergashingiz, undan o‘zga «do‘stlarga» ergashmangiz! Kamdan-kam pand-
nasihat olursizlar.
4. (Bizning amrimizga itoat qilmagan) qanchadan-qancha qishloqni halok qildik
– bas, ularga azobimiz tun uyqusida yoki tush uyqusida (ya’ni kunduzi) keldi.
5. Bizning azobimiz kelgan vaqtida ular biron da’vo qila olmadilar, magar
Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
118
Do'stlaringiz bilan baham: |