qilmagan biron jonga (endi keltirgan) iymoni foyda bermas. Ayting:
«Kutaveringlar! Biz ham kutguvchilarmiz!»
159. Dinlarini bo‘lib, o‘zlari ham guruhlarga bo‘linib olgan kimsalar to‘g‘risidan
biron narsada (mas’ul) emassiz. Ularning ishlari faqat Allohning o‘ziga havola.
Keyin ularga qilib o‘tgan ishlarining xabarini berur.
160. Kim biron chiroyli amal qilsa, unga o‘n barobar qilib (qaytarilur). Kim
biron yomon ish qilsa, faqat o‘shaning barobarida jazolanur va ularga zulm
qilinmas.
161. Ayting: «Meni Parvardigorim To‘g‘ri yo‘lga, Rost dinga — Haq Yo‘lga moyil
bo‘lgan Ibrohimning millatiga hidoyat qildi. U mushriklardan bo‘lmagan edi».
162-163. Ayting: (Ey Muhammad): «Albatta, namozim, ibodatlarim, hayotu
Do'stlaringiz bilan baham: |