o‘ldirmangiz, magar haq bilan (ya’ni qasos olish uchun yo murtad bo‘lgani, yoki
zino qilgani uchun shariat hukmi bilan o‘ldirishingiz mumkin). Shoyad aql
yurgizarsiz, deb sizlarni mana shu narsalarga buyurdi.
152. Yetimning moliga to voyaga yetgunicha faqat eng chiroyli yo‘l bilan
yaqinlashingiz! O’lchov va tarozini adolat bilan to‘la tortingiz! Biz hech bir jonni
toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaymiz. So‘zlaganingizda (guvoxlik
berganingizda) garchi qarindoshingiz bo‘lsa ham adolat qilingiz! Allohga
bergan ahdingizga vafo qilingiz! Shoyad eslatma (nasihat) olursiz, deb sizlarni
mana shu narsaga buyurdi.
153. Albatta, mana shu Mening To‘g‘ri Yo‘limdir. Bas, shu yo‘lga ergashinglar!
(Boshqa) yo‘llarga ergashmangizki, ular sizlarni Uning yo‘lidan uzib qo‘yar.
Do'stlaringiz bilan baham: |