«Bizlar o‘zimizga zulm qildik», deya oldilar, xolos.
6. Endi albatta payg‘ambar yuborilgan kishilar bilan ham, yuborilgan
payg‘ambarlar bilan ham savol-javob qilurmiz.
7. Endi albatta ularga, bilgan holimizda, (qilib o‘tgan ishlari haqida) so‘ylab
berurmiz. (Zotan) Biz g‘oyib — yo‘q emas edik, (balki barcha narsaga guvoh
bo‘lib turgan edik).
8. (Amallarni) to‘g‘ri tortishlik o‘sha kuni bo‘lur. Bas, kimning tortilgan (yaxshi
amallari) og‘ir kelsa, ana o‘shalar najot topguvchilardir.
9. Kimning tortilgan (yaxshi amallari) yengil bo‘lsa, bas, ular (Bizning
oyatlarimizni inkor qilish bilan) zulm qilib o‘tganlari sababli o‘zlariga ziyon
qilgan kimsalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |