(barcha) gunoh ishlarni, nohaq zulm qilishni va Allohga (sherik ekanligiga)
hech qanday hujjat tushirmagan narsalarni Unga sherik qilib olishingizni
hamda Alloh sha’niga bilmaydigan narsalarni gapirishingizni harom qilgan,
xolos.
34. Har bir jamoat uchun ajal bordir. Bas, qachon ularga ajallari kelsa, uni
biron soatga ketga ham, ilgariga ham sura olmaydilar.
35. Ey Odam bolalari, har qachon sizlarga o‘zlaringizdan bo‘lgan payg‘ambarlar
Mening oyatlarimni so‘zlagan hollarida kelganlarida kimda-kim (shirkdan)
saqlanib, o‘zini o‘nglab olsa, ularga xavf-xatar yo‘qdir va ular g‘amgin
bo‘lmaydilar.
36. Bizning oyatlarimizni yolg‘on degan va ulardan kibru havo bilan (yuz
o‘girgan) kimsalar esa do‘zax egalaridir. Ular u joyda (do‘zaxda) abadiy
Do'stlaringiz bilan baham: |