26. Ey Odam bolalari, Biz sizlarga avratlaringizni berkitadigan libosni ham,
yasan-tusan (libosini) ham tushirdik. (Hammasidan) yaxshiroq libos taqvo
libosidir. Bu — Allohning (fazlu marhamatiga dalolat qilguvchi) oyatlaridandir.
Shoyad eslatma (pand-nasihat) olsalar.
27. Ey Odam bolalari, shayton Otalaringizning avratlarini o‘zlariga ko‘rsatish
(ya’ni uyatli ahvolga solib qo‘yish) uchun liboslarini yechib, jannatdan
chiqargani kabi sizlarni ham aldab qo‘ymasin! Chunki u va uning malaylari
sizlarni o‘zingiz bilmaydigan tarafdan ko‘rib turadilar (ya’ni qanday
aldashganini sezmay qolishingiz mumkin). Albatta Biz shaytonni iymonsiz
kimsalarga do‘st qilib qo‘yganmiz.
28. Ular qachon biron buzuq ish qilsalar (masalan, ular Ka’bani yalang‘och
Do'stlaringiz bilan baham: |