Alloh bergan rizqni harom qilib olgan kimsalar muhaqqaqki, (o‘zlariga) ziyon
qildilar. Ular aniq adashdilar va To‘g‘ri Yo‘lga yurguvchi bo‘lmadilar.
141. U (so‘ritoklarga) ko‘tariluvchi va ko‘tarilmaydigan bog‘larni, xurmozorlar
va mevalarni, xilma-xil bo‘lgan ekinlarni, (barglari) bir-biriga o‘xshagan va
(mevalari esa) o‘xshamagan zaytun va anorlarni yaratgan zotdir. Mevalaganda
mevasidan yenglar, o‘rim-terim kunida (bechora-miskinlarga) haqqini
beringlar va isrof qilmanglar! Albatta, U isrof qiluvchilarni sevmas.
142. Hayvonlardan yuk tashuvchilarni va (so‘yish uchun) yotqiziladigan
hayvonlarni (yaratdi). Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalardan yenglar va
(o‘zingizcha halol, harom deb) shaytonning izidan ergashmanglar! Albatta, u
Do'stlaringiz bilan baham: |